13 jan 10:20
Yangiliklar
Osiyo Kubogi. O'zbekiston bugun Turkmanistonga qarshi o'ynaydi
Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi ikkinchi o'yinida maydonga chiqadi. Mazkur bahsda futbolchilarimizga Turkmaniston terma jamoasi raqiblik qiladi. Markaziy Osiyo derbisi maqomidagi uchrashuvni mezbon hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Darvoza ortida esa saudiyalik hakamlar ishlashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Osiyo kubogi. "F" guruhi.
Dubay. "Rashid" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00)
Turkmaniston - O'zbekiston.
Hakamlar: Ammor Al Junabi, Muhammad Al Hammadi va Hasan al Mahri (BAA), Muhammad Abdulla Muhammad, Turki Al Xudoyor, Muhammad Al Bakri (Saudiya Arabistoni).
Malumot uchun, terma jamoalar shu kungacha o'zaro 9 marotaba to'qnash kelganlar. Ularning 7 tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan. Yana 1 ta o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, 1 ta bahsda turkmanistonlik futbolchilarning qo'li baland kelgan.
Qayd etish lozimki, bugun qo'lga kiritiladigan 3 ochko vakillarimiz uchun muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini taqdim etadi.
Fikrlar