So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

04 avg 08:07
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo Millatlar Kubogi-2018. SHaxmatchilarimizda 9ta medal!

Eronning Hamadon shahrida o'tkazilgan Osiyo Millatlar Kubogi-2018 musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi shaxsiy hisobda 1ta oltin, 4ta kumush, 4ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

Ana shu medallarning 7tasi O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari hisobiga to'g'ri keldi. Jamoaviy bahslarda terma jamoamiz sovrinli o'rinlardan birini egallash uchun juda ham yaqin kelgan edi. SHaxmatchilarimiz Osiyoning kuchli terma jamoalari bilan tengma-teng o'ynashdi, bazi holatlarda ustunlik ham qilishdi. Lekin birozgina omad etishmadi.

SHunga qaramay, shaxmatchilarimiz shaxsiy hisobda jami 9ta medal qo'lga kiritishdi. SHulardan 1tasi oltin, 4tasi kumush va 4tasi bronza medalidir!

O'zbekiston ayollar terma jamoasi ko'rsatgan o'yinni alohida takidlash o'rinli bo'lsa kerak. Standart shaxmat bo'yicha o'tkazilgan musobaqada grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova ajoyib natija ko'rsatdi. Birinchi doskada harakat qilgan hamyurtimiz o'tkazilgan 6ta partiyada mag'lubiyat nimaligini bilmadi (5 g'alaba va 1 durang). Bu bilan xalqaro grossmeysterimiz birinchi doskada harakat qilgan Osiyoning kuchli grossmeysterlari orasida bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Jamoa sardori sifatida harakat qilgan xalqaro master Irina Gevorgyanga ham oson bo'lmadi. Uchinchi doskada o'ynagan Irina 3ta g'alaba va 2ta durang bilan musobaqaning kumush medalini qo'lga kiritdi. 

Qizlarimiz so'nggi final turida bo'lajak chempionlar – Xitoy terma jamoasi bilan durang qayd etishdi. Undan avval kuchli hisoblangan Eronning Iran Green jamoasini mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.

Terma jamoamizga yana bir kumush medalni standart shaxmat bahslarida WIM Sevara Boymurodova taqdim etdi. Sevara beshinchi doskada 3ta g'alaba va 2ta durang natijaga erishdi. 

O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari qolgan yo'nalishlarda ham o'zlarini ko'rsatishdi. Jumladan, rapid bahslarida ikkinchi doskada o'ynagan WGM Sarvinoz Qurbonboeva va WIM Sevara Boymurodova (5 doska) kumush medallarni qo'lga kiritishdi. Rapidda WIM Nodira Nodirjonova (4 doska) bronza, blicda Sevara Boymurodova bronza medaliga sazovor bo'ldi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi jami 7ta medalni qo'lga kiritdi!

Yosh shaxmatchilardan tarkib topgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ham musobaqada yaxshi natija qayd eta oldi. Standart shaxmat bahslarida eng kuchli hisoblangan birinchi doskada yurtimiz sharafini O'zbekiston chempioni, 16 yoshli xalqaro master Nodirbek Yoqubboev himoya qildi. Etiborlisi, u o'tkazilgan 7ta uchrashuvda umuman mag'lubiyatga uchramadi. Osiyoning mashhur grossmeysterlari - GM Adxiban B. (Hindiston, 2671), GM Nguen Ngok Truong Son (Vetnam, 2618), GM Xossayn Enamul (Bangladesh, 2473), GM Gaem Magami Ehson (Eron, 2537), GM Lu SHangley (Xitoy, 2629) bilan durang o'ynadi. Yana ikkita partiyada raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi. 

Jamoaviy bahslarda shaxmatchilarimizning kuchli hisoblangan va yakunda 2-o'rinni egallagan Hindiston terma jamoasi bilan durang o'ynaganligini takidlab o'tish joiz. Tezkor shaxmat musobaqasida esa shaxmatchilarimizga biroz omad etishmadi. Yakunda terma jamoamiz Xitoy va Hindiston shaxmatchilari bilan 2-4 o'rinlarni bo'lishib oldi. Qo'shimcha ko'rsatkichlar (shaxsiy ochkolar) hisobigagina terma jamoamiz kuchli to'rtlik bilan kifoyalandi. Uchinchi doskada o'ynagan xalqaro master Javohir Sindarov ajoyib o'yini evaziga oltin medalni qo'lga kiritdi! Beshinchi doskada harakat qilgan FM Abdumalik Abdisalimov rapid turnirida bronza medaliga sazovor bo'ldi.

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ilk bor nufuzli musobaqada xalqaro grossmeyster, jamoamizning o'ynovchi sardori Saydali Yo'ldoshev qo'l ostida harakat qildi. Yosh shaxmatchilarimiz Osiyo Millatlar Kubogida katta tajriba to'plashdi. Oldinda yana ham masuliyatli musobaqa - 43-xalqaro shaxmat Olimpiadasi kutib turibdi. Joriy yildan o'rin olgan eng asosiy musobaqa 50 kundan so'ng, aniqrog'i 23 sentyabr kuni Gruziyaning Batumi shahrida start oladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing