So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 iyu 10:51
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo Millatlar Kubogi-2018. Sindarovning jasorati!

SHaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi (erkaklar va ayollar) Osiyo Millatlar Kubogi-2018 musobaqasidagi ishtirokini rapid bahslari orqali boshladi.

Asian Nations Chess Cup  2018 musobaqasiga Eronning Hamadon shahrida mezbonlik qilyapti. Terma jamoalar o'rtasidagi turnir standart shaxmat, rapid va blic yo'nalishlarida o'tkaziladi. 

Kecha tezkor shaxmat bo'yicha jamoaviy bahslar bo'lib o'tdi. Unda Osiyoning 10 davlatidan 12ta terma jamoa shveycarcha tizimda 7 turda o'zaro bahslashishdi. 

Birinchi turda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi (rapidda o'rtacha reytingimiz 2339) 2½:1½ hisobida grossmeysterlardan tarkib topgan Xitoyni (2565) mag'lub etdi!

Ikkinchi turda yosh shaxmatchilardan tarkib topgan terma jamoamiz Vetnamga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 3:1! Uchinchi turda yigitlarimiz turnirning reyting-favoriti - Hindiston (2626) terma jamoasiga kichik 1½:2½ hisobida imkoniyatni boy berishdi. IM Javohir Sindarov (2287) uchinchi doskada taniqli grossmeyster GM Krishnan Sashikiranni (2625) mag'lub etishning uddasidan chiqdi. To'rtinchi doskada o'ynagan FM Abdumalik Abdisalimov esa yana bir mashhur grossmeyster GM Abxijet Gupta (2562) bilan durang o'ynadi.

To'rtinchi turda shaxmatchilarimiz mezbonlarning Iran White terma jamoasini 2½:1½ hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Jamoamizning umumiy muvaffaqiyatiga sardorimiz, tajribali grossmeyster Saydali Yo'ldoshev o'zining g'alabasi bilan katta xissa qo'shdi. Qolgan partiyalarda durang natija qayd etildi.

Beshinchi turda yon qo'shnilar - O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Bu safar ham yosh shaxmatchilarimiz jasorat ko'rsatishdi. Yosh istedodlarimiz taniqli grossmeysterlarni taslim etishdi: Nodirbek Yoqubboev birinchi doskada GM Rinat Jumabaev bilan durang o'ynadi. Javohir Sindarov GM Murtas Kajgaleevni mag'lubiyatga uchratdi. Abdumalik Abdisalimov esa GM Petr Kostenkodan ustun keldi. Faqatgina Nikita Xoroshev GM Anuar Ismagambetovga yutqazib qo'ydi. Natijada o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar tajribali grossmeysterlardan tarkib topgan Qozog'iston terma jamoasini 2½:1½ hisobida engishdi.

Oltinchi turda O'zbekiston shaxmatchilari grossmeysterlardan tarkib topgan mezbonlarning - Iran Green jamoasiga qarshi dona surishdi. Bu safar tajriba o'z so'zini aytdi va eronlik grossmeysterlar zafar (3:1) quchishdi. Aynan Iran Green jamoasi yakunda rapid musobaqasi g'olibiga aylandi. So'nggi ettinchi tur, O'zbekiston - Bangladesh 3:1.

Yakunda Iran Green 12 jamoaviy ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. Xitoy, Hindiston va O'zbekiston terma jamoalari bir xil 10tadan ochko jamg'arib, kuchli to'rtlikdan joy olishdi. Faqat qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra terma jamoamiz sovrinli o'rinlardan chetda qoldi. Kuchli uchlikdan joy olish uchun ozgina omad etishmadi.

SHunday bo'lsada, birgina grossmeyster Saydali Yo'ldoshevni inobatga olmaganda, asosan yoshlardan iborat terma jamoamiz yomon natija ko'rsatmadi. Rapid-turnirida umuman mag'lubiyatga uchramagan yosh shaxmatchimiz Javohir Sindarovni alohida takidlash o'rinli. Uchinchi doskada (faqat bir marta ikkinchi doskada) o'ynagan Sindarov 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'ardi. Javohir 4 g'alaba va 3ta durang natija qayd etdi. Duranglarning bari grossmeysterlar bilan o'yinda kuzatildi. Yana ikki grossmeysterni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. 

Ayollar jamoalari o'rtasidagi Asian Nation Cup 2018-Women Rapid musobaqasida esa 8ta jamoa ishtirok etdi. Birinchi turda O'zbekiston terma jamoasi (o'rtacha reytingi 2174) Vetnam (2328) bilan durang (2:2) o'ynadi. Keyin Eronning Iran Red jamoasi (1896) 4:0 hisobida mag'lub etildi

SHundan so'ng Eronning  Iran White (1697) jamoasi ham 2½:1½ hisobida taslim etildi.

Eronning uchinchi jamoasiga qarshi bahs (2201) esa 1:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlandi. Birgina Sarvinoz Qurbonboeva WGM Mitra Hejazipurni mag'lubiyatga uchratdi. 

Beshinchi turda reytingda bizdan yuqorida turgan Qozog'iston (2305) terma jamoasi 2½:1½ hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Gulruhbegim Tohirjonova birinchi doskada Jansay Abdumalik bilan durang o'ynadi. Sarvinoz Qurbonboeva Dinara Saduakassovadan, Sevara Baymuratova esa Assel Serikbaydan ustun ekanligini amalda isbotladi.

Oltinchi turda hindistonlik (2329) shaxmatchilarga imkoniyat boy berildi - 1½:2½. So'nggi turda esa turnirning reyting-favoriti va yakunda g'olibi Xitoy (2477) terma jamoasiga ham mag'lub bo'ldik. SHunga qaramay, shaxmatchi qizlarimiz reytingi yuqori bo'lgan terma jamoalarni ortda qoldirib, yakunda to'rtinchi o'rinni band etishdi.

Bugun, 28 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da standart shaxmat bo'yicha musobaqa boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing