So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

01 avg 07:36
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo Millatlar kubogi-2018da 4-tur ortda qoldi

Eronning Hamadon shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo Millatlar Kubogi-2018 musobaqasi davom etmoqda.

Kecha standart shaxmat bahslarida 4-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Xabaringiz bor, Osiyoning kuchli shaxmat jamoalari qatnashayotgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. 

Yosh shaxmatchilardan iborat erkaklar terma jamoamiz grossmeysterlardan tarkib topgan Vetnamga qarshi dona surdi. Birinchi doskada 16 yoshli xalqaro master Yakubboev Nodirbek oq donalarda (2512) GM Nguyen Ngoc Truong Son (2618) bilan, uchinchi doskada Javohir Sindarov (2474) esa GM Nguyen Duc Hoa (2441) bilan durangga imzo chekdi. IM Xoroshev Nikita va FM Abdisalimov Abdimalik esa qora donalarda vetnamlik grossmeysterlarga imkoniyatni boy berishdi.

SHunga qaramay, keyingi turda Bangladesh terma jamoasini mag'lub etishdi. To'rtinchi tur natijasi 1½:2½ hisobida O'zbekiston foydasiga hal bo'ldi. Beshinchi tur oldidan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan 4-5 o'rinlarni bo'lishib turibdi. 

Bugun, 1 avgust kuni 5-turda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Eronning Iran Red (o'rtacha reytingi - 2508) shaxmatchilariga qarshi bahs olib boradi. 

Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boryapti. Qizlarimiz avvaliga 3-turda Suriya terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etishdi. Lekin 4-turda ular ancha kuchli hisoblangan vetnamlik dugonalariga yutqazib qo'yishdi.

Xuddi erkaklar terma jamoamizda bo'lgani kabi birinchi va uchinchi doskada o'ynagan shaxmatchilarimiz WGM Gulruhbegim Tohirjonova hamda WIM Irina Gevorgyan raqibalari bilan durang qayd etishdi. Qora donalarda harakat qilgan qolgan ikki qizimiz esa o'z partiyalarini boy berishdi. 

Bugun o'tkaziladigan 5-tur oldidan O'zbekiston ayollar terma jamoasi turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Qizlarimizni oldinda Qozog'iston, Eron va Xitoy terma jamoalariga qarshi o'tkaziladigan bir-biridan murakkab uchrashuvlari kutib turibdi. 

Xalqaro hakamlar jamoasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing