So’nggi yangiliklar

19:16Осиё чемпионатининг аралаш жамоавий баҳсларидаги илк рақиб – Ҳиндистон! 0 18:55ЖЧ-2026`да транспорт шоки: "Метлайф Стэдиум"га бориш 150 долларга тушади! 0 18:34Ҳикару Накамура чемпионлик матчида Гукеш ғалаба қозонадими ёки Жавоҳир деган саволга жавоб берди 0 18:13Авиакомпания Царукянни рейсдан "ечиш" сабабини маълум қилди 0 17:52"Винтаж моделлар" — Шевченко Рози ва Каранони телефонга қиёслади 0 17:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё кубогида ишлайди 0 17:21Гусков билан жанги бекор бўлган Ян Блахович бунга изоҳ берди 0 17:10Карлос Алькарас кетма-кет иккинчи йил ҳам Мадрид "Мастерс"ни ўтказиб юборади 0 17:03Кутилмаган хабар: Богдан Гусков ва Ян Блахович ўртасидаги реванш бекор бўлди 0 16:49Гурлан белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатига мезбонлик қилади 0 16:28Бокудаги UFC турнирининг асосий жанги маълум 0 16:07"Ливерпуль" ёзда катта "тозалаш" қилмоқчи. Жамоани 9 футболчи тарк этиши мумкин 0 15:46"Чимаев — ўзи истаганини қиладиган бўри" - UFC собиқ чемпиони 0 15:25Алишер Юсупов – Осиё чемпиони! Мусобақани 10 та медаль билан якунладик 0 15:04Гарсия Царукян олдидаги қарзи ҳақида: "Тўламайман!" 0

02 avg 07:57
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo Millatlar Kubogi. 5-turda har ikki jamoamiz mag'lub bo'ldi

Eronning Hamadon shahrida shaxmat bo'yicha Osiyo Millatlar kubogi musobaqasi davom etmoqda.

Kecha standart shaxmat bo'yicha o'tkazilayotgan turnirda 5-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Bu turda O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoamiz raqiblariga bir xil ½ :3½ hisobida imkoniyatni boy berdi.

Erkaklar jamoamiz Eronning Iran Red (o'rtacha reytingi 2508) shaxmatchilariga yutqazib qo'ydi. Birinchi doskada harakat qilgan 16 yoshli xalqaro master Nodirbek Yoqubboev eronlik mashhur grossmeyster 35 yoshli Ehson Magami bilan durang o'ynadi. Eronlik bu shaxmatchi 8ta xalqaro olimpiadada ishtirok etgan. Qolgan shaxmatchilarimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. 

Bugun 2 avgust kuni 6-turda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 2-doskada turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan Xitoy (o'rtacha reytingi 2609) terma jamoasi shaxmatchilariga qarshi dona suradi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi (o'rtacha reytingi 2256) esa qozog'istonlik dugonalariga (o'rtacha reytingi 2404) imkoniyatni boy berishdi. Birinchi doskada o'ynagan WGM Gulruhbegim Tohirjonova xalqaro master, 20 yoshgacha shaxmatchilar o'rtasida jahon chempioni Dinara Saduakassova bilan durang qayd etdi. Bugun 6-turda qizlarimiz turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turgan Eronning Iran Green (2270) jamoasiga qarshi bahs olib borishadi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing