So’nggi yangiliklar

17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0

28 apr 17:00
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari SHayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax O'zbekistonga etib keldi + FOTO

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Osiyo Olimpiya Kengashi o'rtasida yaqin do'stlik va hamkorlik aloqalari o'rnatilgan.

Milliy olimpiya qo'mitasi bugungi kunda ushbu do'stlik aloqalarni kengaytirish, o'zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqda.
SHu maqsadda, MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko'ra bugun, 28 aprel kuni Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy Olimpiya qo'mitalari Associaciyasi Prezidenti SHayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax boshchiligidagi delegaciya yurtimizga etib keldi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar kutib olishdi.

"Qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarimizda siz bilan olib borayotgan hamkorlikning ahamiyati katta. Siz amalga oshirayotgan ishlar qanchalik qiyin, murakkab, mashaqqatli ekanligini juda yaxshi bilamiz. O'zbekiston sport oilasi va xalqimiz buni juda qadrlaydi. CHunki, bu oson ish emas", - dedi SHoakram Isroilov martabali mehmonni qarshilar ekan.

O'z navbatida SHayh Ahmad al-Fahad al-Sabax yurtimizga tashrif buyurganidan xursand ekanligini qayd etdi.

"Eng avvalo, hamkorlik uchun sizlarga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Yurtingiz ajoyib. Osiyo mamlakatlarining hamkorligi, birdamligi jahon miqyosida albatta o'z samarasini beradi. Siz Jakartadagi Osiyo o'yinlariga ham huddi shunday yuqori kayfiyatda borishingiz lozim. Hukumat va sportning, aniqroq aytadigan bo'lsak, vazirlik va MOQning hamkorlikda ishlashi juda yaxshi. Bu borada tushunmoqchiliklar bo'lmasligi kerak. Sizlarda juda yaxshi boshqaruvchi bor - dedi al-Sabax.

Malumot uchun, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Osiyo Olimpiya Kengashi shafeligi ostida o'tkaziladigan turli musobaqalarda ishtirok etib keladi. Yozgi va qishki Osiyo o'yinlari, o'smirlar Osiyo o'yinlari, Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, Osiyo sohilbo'yi o'yinlari shular jumlasidandir.

Osiyo Olimpiya Kengashi delegaciyasining poytaxtimizga tashrifi davomida tomonlar rasmiy uchrashuv o'tkazish bilan bir qatorda, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, sportchilarimizning Jakartadagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni, mamlakatimizda sport taraqqiyoti va Olimpiya harakatiga oid boshqa masalalarni ham muhokama qilishlari ko'zda tutilgan.

Toshkentga uyushtirgan safari davomida SHayx Ahmad al Sabaxga Osiyo Olimpiya Kengashi azosi, “Osiyo o'yinlari-2018” direktori Haydar Farmon hamrohlik qilmoqda.

Birozdan so'ng, martabali mehmonlar Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyuradi va bu erda Qo'mita Prezidenti, O'zbekiston futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHokrom Isroilov bilan rasmiy uchrashuv o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing