07 noy 07:43
Yangiliklar
Osiyo Olimpiya kengashining Bosh assambleyasi Turkmanistonda o'tkaziladi
OOK prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh bu haqda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga yo'llagan maktubida bayon etgan.
“Turkmaniston Milliy olimpiya qo'mitasi Osiyo Olimpiya kengashining 2023-2025 yillarda o'tadigan Bosh assambleyalarini Turkmanistonda o'tkazish taklifini ko'rib chiqdi va maqulladi, tadbirlarning aniq sanasini belgiladi”, – deyiladi OOK prezidenti maktubida.
OOK prezidenti, shuningdek, 2023 yilda VII Osiyo sohil o'yinlarini Kaspiy dengizi qirg'oqlaridagi “Avaza” milliy turizm zonasida o'tkazishni taklif qildi.
“Ushbu O'yinlarni o'tkazish Kaspiybo'yi shahrini rivojlantirishga katta tasir ko'rsatadi va bu erga ko'psonli sayyohlarni jalb etadi. Asosiysi, Turkmanistondagi Olimpiya harakatiga yangi turtki beradi”, – deb takidlagan Al-Saboh.
Fikrlar