21 avg 12:51
Yangiliklar
Tennis, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Abduraimova raqibasiga deyarli qarshilik ko'rsatmadi+FOTO
Xabar berganimizdek, Palembang shahrida Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan tennis musobaqasi davom etmoqda.
Sabina SHaripovadan so'ng mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova ham tomoshabinlar safidan joy oldi. Hamyurtimiz Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Na Lai Xanga 2:6, 2:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi.
Bu bilan o'zbekistonlik ayol tennischilarning yakkalik bahslaridagi ishtiroki yakunlandi. Endi bor etiborimizni aralash juftlik ham erkaklar o'rtasidagi yakkalik musobaqasiga qaratamiz.
Kamoliddin Alimov. Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev (Palembang, Jakarta)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar