29 avg 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Do'smatovning vaznida qozog'istonlik mashhur bokschi yutqazdi
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Jakarta shahrida Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan boks musobaqasi davom etmoqda.
Hozirgina yakuniga etgan chorak final jangida Hasanboyning asosiy raqibi sifatida qaralayotgan Temirtac Jusupov kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi. Qozog'istonlik bokschi yarim final ostonasida filippinlik Karlo Palaamga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Birgina eronlik hakam Jussupovning 29:28 hisobidagi g'alabasini taminlagan. Qolgan to'rt nafar hakam 30:27, 29:28, 30:27, 30:27 hisobidagi kattagina ustunlikni filippinlik bokschiga bergan. Jusupovga qadar Qayrat Eraliev (56 kg), Azat Maxmetov (52 kg) va Samatali Toltaev (60 kg) ham o'z ishtiroklarini muddatidan avval yakunlashgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar