27 avg 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Hasanboy Do'smatov boshladi FOTOGALEREYA
Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan boks musobaqasiga ham etibor juda yuqori bo'lmoqda.
Ayniqsa, ushbu sport turidan biz ko'proq medal kutyapmiz. Kamida 3 yoki 4ta oltin medal bo'lishi kerak, Hozirgina -49 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov qita o'yinlaridagi ilk jangini o'tkazdi.
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni bahslarga 1/8 final bosqichidan qo'shildi. Hasanboy bu bosqichda laoslik Xamfouvan Xamsatonni katta ustunlik evaziga 5:0 (29:28, 30:25, 30:25, 29:28, 30:25) hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi.
Kamoliddin Alimov, suratlar muallifi - Maruf Asqarov (Indoneziya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar