18 avg 15:11
Yangiliklar
O'q otish, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Merganlarimiz Palembangga etib kelishdi
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Osiyo Olimpiadasida ishtirok etuvchi sportchilarimizdan o'q otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Palembang shahriga etib keldi. Birozdan so'ng terma jamoamizning musobaqa manzilidagi ilk mashg'uloti o'tkaziladi.
Terma jamoamiz tarkibi:
Vadim Skorovarov
Sakina Mamedova
Elena Kuznecova
Zaynab Pardaboeva
Murabbiy: Alyona Aksyonova
Malumot uchun, siz tasvirda ko'rayotgan metro yo'li atayin Osiyo o'yinlari uchun qurilgan. Bu erga kelgan sport delegaciyalari Palembang xalqaro aeroportidan to "Jakabaring Sport Siti"gacha to'xtalishlarsiz etib olishlari mumkin.
Kamoliddin ALIMOV (Palembang, Indoneziya)
Suratlar muallifi - ABDULLO Fayzullaev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar