18 avg 15:50
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Ochilish marosimi o'tkaziladigan stadiondan qaynoq suratlar
Jakarta shahridagi "Bung Karno" stadionida 18-Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimiga oz muddat qolmoqda.
Ayni daqiqalarda marosimda ishtirok etuvchi sportchilarimiz va ommaviy axborot vositalari xodimlari markaziy stadionga etib kelishgan. Stadion asta-sekin to'lib bormoqda.
Osiyo o'yinlariga kelgan hamma sportchimiz ham tantanali ochilish marosimida ishtirok eta olmaydi. Boisi, ularning bir guruhi Palembang shahrida bo'lib turibdi va Jakarta bilan oraliq masofa ancha uzoq. Ayrim sportchilarimiz esa oldindan belgilangan taqvim asosida mashg'ulotlarini o'tkazishyapti.
Hozirdan aytish mumkinki, ochilish marosimi ko'tarkinki ruhda o'tadi. Buni hozirgi tayyorgarlikdan ham bilib olish qiyin emas.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar