So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

17 avg 19:58
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari-2018. Olimpiya shaharchasiga sayohat (FOTOGALEREYA)

Xabaringiz bor, Indoneziya qitada to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilmoqda.

Ushbu sport bayramida mehmonlar uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. O'yinlarning eng asosiy ishtirokchilari hisoblangan sportchilar o'yinlar davomida maxsus Olimpiya shaharchasida istiqomat qiladilar.

Sportchilarimizning yashash tarzi muxlislar uchun qiziq bo'lishi aniq. SHuni inobatga olgan holda «Athlete Village Kemayoran»dan tayyorlangan fotoreportajni etiboringizga havola etamiz.

SHaharchaga kirishda mahsus akkreditaciya markazi bor. U erga kiruvchi OAV xodimlari aynan shu erda ro'yxatdan o'tishlari lozim bo'ladi


Biroz o'tib esa sizni ko'ngillilar nazorat o'tkazish joyida kutib oladilar


Maxsus uskuna orqali shaharchaga kiruvchilarning hujjatlari tekshiriladi


Osiyo o'yinlari timsollari


Bu erda esa mehmonlar xorijiy valyutani mahalliy rupiyaga ayirboshlashlari mumkin


SHaharcha bo'ylab yurar ekansiz, u erda mobil aloqa kompaniyalari vakillari o'z xizmatlarini sizga taklif etayotganliklarini ko'rishingiz mumkin


Sportchilar oshxonasida esa sizni bir guruh ko'ngillilar ana shunday ehtirom bilan kutib oladilar



«SHaharcha aholisi» aynan ushbu oshxonada ovqatlanadilar



SHaharchada qad rostlagan baland-baland binolar



Ushbu ko'rsatgichlar orqali Milliy olimpiya qo'mitalar ishchi guruhi shtabini topib olish mumkin



Sportchilar uchun ajratilgan xonalar



Jakarta shahri Olimpiya shaharchasining 11-qavatidan mana shunday holatda ko'rinadi


Indoneziyadagi Osiyo o'yinlariga bog'liq qiziqarli raqamlar:

-Musobaqada 40ta sport turi bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi

-Sportchilar 67ta yo'nalishda bahslarga kirishadilar

-465ta medallar jamlanmasi o'ynaladi

-O'yinlarni 5000 nafardan ziyod ommaviy axborot vositalari bevosita voqea joyidan yoritib boradilar

-15000 nafarga yaqin sportchi va rasmiy shahslar musobaqada ishtirok etadilar

-13000 nafardan ziyod ko'ngillilar mehmonlarga o'zlarining beminnat yordamlarini ko'rsatadilar

-Osiyo o'yinlari ilk marotaba ikki shaharda (Jakarta va Palembang) o'tkazilmoqda.


Aziz To'xtamurodov

Suratlar muallifi: Hasan Pirmuhammedov

Jakarta.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing