29 avg 15:09
Yangiliklar
Dzyudo, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. O'rozboev 10-oltin medalni taqdim etdi, jamoamiz 8-o'ringa ko'tarildi
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilayotgan Osiyo o'yinlarining 11-kungi bahslari ham terma jamoamiz uchun omadli kelmoqda.
Hozirgina dzyudo musobaqasining -60 kg vazn toifasidagi bahslari Diyorbek O'rozboev oltin medalni qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz dzyudo vatani hisoblangan yaponiyalik Toru SHishimeni qo'shimcha daqiqalardagi vazari usuli evaziga taslim etdi.
Bu O'zbekiston sport delegaciyasining Osiyo o'yinlaridagi 10-oltin medali bo'ldi. Terma jamoamiz jami 39ta medal bilan 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Hindiston terma jamoasi hisobida 9ta oltin medal bor.
Surat muallifi - Anvar Ilyasov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar