19 avg 19:20
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari-2018. O'zbekiston guruhda 100 foizli natija qayd etdi
Guruhning oxirgi turida Tailanda qarshi maydonga tushgan O'zbekiston Zabihillo O'rinboevning goli evaziga g'alaba qozondi - 1:0. SHu tariqa, O'zbekiston guruhdagi 3ta o'yinda 3ta g'alabaga erishib 100 foizli natija bilan nimchorak finalga chiqdi.
Ushbu bosqichdagi raqibimiz nomi 20 avgust kuni malum bo'ladi. Nimchorak final uchrashuvi 23 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Tailand - O'zbekiston 0:1
Gol: Zabihillo O'rinboev 17, - 0:1.
Amalga oshirilgan penalti: Jaloliddin Masharipov 40 (darvozabon)
Tailand: 1. Kvanchai Suklom, 2. Pavi Tantxamiti, 3. Suriya Singmuy, 5. SHinnapxat Liaox, 6. Pitivat Sukjitxummakul, 7. Noppon Pxonkam, 8. Vorachit Kanitsrimbupen (Promsavat, 69), 9. CHnerop Sampaodi (13.Supachai, 59), 10. CHaiyavat Buran (Sirapala, 84), 12. Rattanakorn Maikami, 19, Supachok Sarachat.
O'zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Akramjon Komilov (Abbos Otaxonov, 54), 6. Jaloliddin Masharipov, 7. Odiljon Xamrobekov, 9. Zabixillo O'rinboev, 10. Javohir Siddiqov (Xurshid G'iyosov, 82), 14. Ikromjon Aliboev, 15. Azizbek Turg'unboev, 20. Dostonbek Tursunov.
Guruhning ikkinchi uchrashuvda Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etgan Bangladesh sensacion tarzda guruhda 2-o'rinni egallab keyingi bosqichga chiqdi.
Fikrlar