So’nggi yangiliklar

03:25Мойкано Сен-Денига қарши! UFC Paris турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 00:04Жаҳонгир Жумаев иштирокидаги UAE Warriors 54 турнирининг марказий жанги тўлиқ давом этди 0 20:17"Ҳафа бўлди". Двалишвили Инстаграмда Нурмагомедовни блоклаб қўйди 0 19:55Конор Макгрегор ММА тарихидаги энг зўр 5 нафар спортчини айтди, Жон Жонс рўйхатда йўқ 0 19:33Топурия - Холлоуэй жанги учун захира варианти маълум 0 19:12"Навбаҳор" собиқ устозини МЮ базасига киритишмади 0 18:51Боксчи қизларимиз федерация базасида йиғин ўтказишмоқда + ФОТО 0 18:30UFC Paris турнирининг тўлиқ карди ва бошланиш вақти билан танишинг 0 18:09Мераб Шон О'Мэлли билан жанг қилиш истагини билдирди. Нурмагомедов бунга муносабат берди 0 17:48Биргина аёл бутун бошли "Рома"нинг режаларини бузиб ташлади 0 17:27Гулистонда гимнастрада ғолиблари аниқланди 0 17:06Бугун Жаҳонгир Жумаев UAE Warriors турнирининг марказий жангида октагонга чиқади 0 16:45Ниҳоят! Белал Муҳаммад илк ҳимоя жангини Шавкат Раҳмоновга қарши ўтказмоқчи 0 16:24"Барселона"га келаётган посбон иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо... 0 16:03China Open. Андрей Рублёвнинг юриши бошланди 0

21 avg 18:51
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari-2018. O'zbekistonlik sportchilar bugun 3ta medal qo'lga kiritishdi

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo o'yinlarining uchinchi kuni o'z yakuniga etib boryapti.

20:32. Bugungi sportchilarimiz ishtirokini yunon-rum kurashchimiz Islom Bahromov yakunlab berdi. Afsuski, u bronza medali uchun kechgan bahsda eronlik raqibiga yutqazib, bronza medalini qo'lga kirita olmadi. Umuman, bugun O'zbekiston terma jamoasi 3ta medalni qo'lga kiritdi. Taekvondochilarimiz Dmitriy SHokin kumush, Svetlana Osipova bronza, og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev bronaza medaliga sazovor bo'lishdi. 

 

18:41. Birozdan so'ng bugungi kun dasturidan o'rin olgan bahslardagi so'nggi vakilimiz bronza medali uchun gilamga chiqadi. Yunon-rum kurashchimiz Islom Bahromov -60 kg vazn toifasida Osiyo o'yinlarining bronza medali uchun eronlik Mehrdad Mardaniga qarshi bahs olib boradi. 

17:23. Afsuski, hozirgina yakuniga etgan +80 kg vazn toifasidagi final uchrashuvida hamyurtimiz alamli mag'lubiyatga uchradi. Jahon chempioni Dmitriy SHokin final jangida eronlik 22 yoshli Sayid Rajabiga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

16:35. Taekvondochimiz Dmitriy SHokin oltin medal uchun eronlik sportchiga qarshi jang qiladi.


16:29. Tennis. Afsuski, Karimov/Fayziev juftligi Xitoy Taypeyi, Istomin/Do'stov tandemi esa Janubiy Koreya terma jamoasi vakillariga yutqazib qo'yishdi.


16:18. Taekvondochimiz Dmitriy SHokin yarim finalda iordaniyalik Kattan Hamzani 5:4 hisobida mag'lub etib finalga chiqdi.


16:00. Svetlana Osipova yarim finalda qozog'istonlik taekvondochiga 3:19 hisobida yutqazib qo'ydi va BRONZA medali sohibasiga aylandi. 


15:44. Birozdan so'ng taekvondochilarimiz yarim final janglarini o'tkazadilar.


15:40. Slalomda eshkak eshishda kayakchilarimiz Ramil Kirpichev va Jonibek Temirgaliev saralashda ishtirok etishdi. Temirgaliev 10, Kirpichev 13-o'rinni olib finalga chiqishdi.


15:41. Afsuski, Islomjon Bahromov yarim finalda yaponiyalik Ota SHinobuga 0:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun gilamga chiqadi. 


15:29. Og'ir atletika. Adhamjon Ergashevda bronza medal!  Dast ko'tarishda 136kg, siltab ko'tarishda 162 kg toshni ko'tara olgan hamyurtimiz 298 natija bilan uchinchi o'rinni egalladi.


15:12. Yunon-rum kurashchimiz Elmurat Tasmuratov chorak finalda eronlik Muhammadrizo Geraega 8:9 hisobida yutqazib qo'ydi.


15:02. Yunon-rum kurashchimiz Islomjon Bahromov chorak finalda hindistonlik Gyanenderni 5:0 hisobida mag'lub etib yarim finalga chiqdi.


14:41. Adhamjon Ergashev hozircha 136kg natija ko'rsatdi.


14:39. Sport gimnastikasi. Oksana CHusovitina va Sabina Turopova o'z chiqishlarini boshladilar. 


14:22. Og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev medallar uchun kurashni boshlab yuborgan. 


13:45. Yunon-rum kurashchilarimizdan Islomjon Bahromov Xitoy Taypeyi, Elmurat Tasmuradov esa Turkmaniston vakilini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldilar. 


12:53. Sabina SHaripova esa gonkonglik sportchiga 5:7, 6:3, 5:7 yutqazib qo'ydi.


12:40. Tennischimiz Nigina Abduraimova afsuski Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Na Lai Xanga 2:6, 2:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi.


11:53. Indoneziya vaqti bilan soat 13:24da slalomda eshkak eshishda kayakchilarimiz Ramil Kirpichev va Jonibek Temirgaliev saralashni boshlashadi.


11:50. To'qqizinchi medal ham naqd bo'ldi! Taekvondochimiz Dmitriy SHokin chorak finalda hindistonlik Akshay Kumarni 15:1 hisobida mag'lub etib yarim finalga chiqdi.


11:40. Slalomda eshkak eshish: Kanoechilarimiz Alibek Temirgaliev va Abubakir Bukanov finalga chiqishdi. Temirgaliev saralashda ikkinchi, Bukanov esa o'ninchi natijani ko'rsatdi. Final 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.


11:29. 200 metrga chalqancha uslubda suzishda hamyurtimiz Vladislav Mustafin saralashda o'z guruhida marraga 5-bo'lib keldi.


11:23. Yana bir medal naqd! Taekvondochimiz Svetlana Osipova chorak finalda kambodjalik Sorn Seavmeyni 5:3 hisobida yutib yarim finalga chiqdi.


11:19. 50 metrga erkin uslubda suzishda hamyurtlarimiz Aleksey Tarasenko  va Xurshid Tursunov saralashda o'z guruhlarida 6-o'rinni band etishdi.


11:05. Akademik eshkak eshishning LM4 yo'nalishida (to'rttalik) startga chiqqan sportchilarimiz marraga birinchi bo'lib etib kelishdi va finalda qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi.


10:22. Afsuski taekvondochimiz CHaros Qayumova tailandlik raqibasiga 27-28 hisobida mag'lub bo'ldi.


10:09. Akademik eshkak eshish. SHahboz Xolmurzaev va SHahboz Abdujabborov juftligi saralash bosqichida marraga ikkinchi bo'lib etib kelishdi va to'g'ridan-to'g'ri finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.


09:48. Taekvondo. Svetlana Osipova ilk jangida eronlik sportchi ustidan 6:3 hisobida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.


09:27. Taekvondochimiz CHaros Qayumova bahslarni g'alaba bilan boshladi. U birinchi jangida SHarqiy Timor azosini mag'lubiyatga uchratdi.


Assalomu alaykum. Bugun Osiyo o'yinlarida ko'plab sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:


Taekvondo:
(saralash va final)

+67kg: Svetlana Osipova
-56kg: CHaros Qayumova
+80kg: Dmitriy SHokin


Yunon-rum kurashi:
(saralash va final)

-60kg: Islombek Bahromov
-67kg: Elmurat Tasmuradov


Og'ir atletika:
(final)

-62kg: Adhambek Ergashev


Ushu:

-60kg: Islombek Haydarov (chorak final)
-65kg: Akmal Rahimov (chorak final)


Sport gimnastikasi:
(erkin mashqlar, saralash)

Oksana CHusovitina
Sabina Turobova


Akademik eshkak eshish:
(yakkalik, chorak final):

Jasurbek Mavlonov


(juftlik, chorak final):
Sardor To'lqinxo'jaev
Alisher Turdiev


(to'rttalik LM4, chorak final):
Islambek Mambetnazarov
SHohjahon Najmiev
SHehroz Hakimov
Zafar Usmonov

(to'rttalik M4x, chorak final):
O'ktamjon Davronov
Farrux Astonov
Abdullo Muhammadiev
SHahboz Abdujabborov


Slalomda eshkak eshish:
(saralash)

Abubakir Bukanov
Alibek Temirgaliev


Tennis:

(erkaklar, juftlik, nimchorak final):
Denis Istomin/Farrux Do'stov - Xong/Li (Janubiy Koreya)

(ayollar, yakkalik, nimchorak final):
Nigina Abduraimova - Na Lai Xan (Janubiy Koreya)
Sabina SHaripova - Jang Li (Gonkong)

(miks, nimchorak final):
Oqgul Omonmurodova/Sanjar Fayziev - Kumkuml/Rativana (Tailand)


Suzish:

Yulduz Qo'chqarova (50 metr, erkin)
Aleksey Tarasenko (50 metr, erkin)
Xurshid Tursunov (50 metr, erkin)
Vladislav Mustafin (200 m, chalqancha)

Reyting:    

Fikrlar

   
21 avg 18:46:00
Aslan
Афсус Исломжон Бахромов деярли каршилик курсатолмади. Бронзадан хам курук колдик.
   
21 avg 18:28:22
Muhar
Провальный день
   
21 avg 17:00:56
ufcking5
Do'stlar uzhd canalini qanday qilib tushursa boladi iltimos bilsangiz ayitinglar
   
21 avg 16:12:05
Ironman
Kutilganidek ajoyib natijalar. Shu tariqa davom etsa, Unix Axmadjonov degan, sportni tushunmaydigan inson ishdan ketadi. Tajribali va yoshi kattaroq sportchilarni yomonlash va pastga urish, ularni “ ustiga chiziq chizish” shunday labozimda ishlaydigan davlat xodimiga yarashmaydi.
   
21 avg 15:10:21
Odilbek Xakimov
Sport tvga insof kirdi. Jonli beryapti shokinni janginj
   
21 avg 14:51:19
Odilbek Xakimov
Shokinni final jangiga oz qolyapti. Bitta jangdan keyin buladi
   
21 avg 14:48:16
Odilbek Xakimov
Oksana opa chusovitina 14.200ball bilan 2urinda ekan. Hali hitoylilar chiqmapti
   
21 avg 14:43:40
Alisher Abdullayev
Taekvondoni qayerdan ko'rsa bo'ladi? 13:55 da olib berishi kerak edi sport tv. ... qilib qo'yishdi!
   
21 avg 14:38:57
Odilbek Xakimov
Dmitri Shokin finalda eronlik taekvondochini sinovdan utkazadi. Dmitri olga!!! Sendan oltin kutamiz. Bunga haqqimiz bor
   
21 avg 14:38:19
Alisher Abdullayev
Allaqayerdagi komandalarni gandbolini o'rniga o'zimizni sportchilarni bahslarini qo'ysa bo'lardi. Yoki sport tv aytishi kerak edi dasturni berishda biz betayinmiz, biz bergan dasturga ishonmanglar, deb. Boksdayam doim shunaqa qilardi.
   
21 avg 14:24:42
Odilbek Xakimov
Shokinning finaldagi raqibi yoki eronlik yoki qozogistonlik buladi. Unga omad
   
21 avg 14:23:15
Odilbek Xakimov
Galaba Shokin finalga chiqdi malades!!!
   
21 avg 14:22:13
Odilbek Xakimov
Dmitri Shokin iordaniyalik raqibini yutyapti
   
21 avg 14:21:19
Odilbek Xakimov
Hamma tennis baxslarida maglubiyat bugungisida
   
21 avg 14:20:23
Odilbek Xakimov
Shokin yutyapti bu spirt tv nimaga taekwondoni bermayapti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing