27 avg 12:23
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari-2018. Qozog'iston oltin medallar soni bo'yicha bizga etib oldi
Bugun musobaqaning to'qqizinchi kungi bahslari davom etayotgan bir pallada Qozog'iston terma jamoasi oltin medallar soni bo'yicha bizga etib oldi. Yon qo'shnilarimiz hozirgina karatening kumite bahslarida 18-Osiyo o'yinlaridagi o'zlarining oltinchi oltin medallarini qo'lga kiritishdi.
-68 kg vazn toifasida o'tgan bahslarda Go'zaliya Gafurova shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. U hal qiluvchi final jangida xitoylik Tan Linlinni mag'lubiyatga uchratdi. Hamyurtimiz Dildor Annadurdieva birinchi bosqichda aynan bo'lajak chempionga imkoniyatni boy bergan edi.
Bu Qozog'iston terma jamoasining ushbu Osiyo o'yinlaridagi 42-medali bo'ldi. Qo'shnilarimizda 6tadan oltindan tashqari 8ta kumush va 28ta bronza medali ham bor. Kumush medallar soni bizda 11taligi sababli umumjamoa hisobida O'zbekiston 10-o'rinni egallab turibdi.
Foto manbasi: sports.kz
Fikrlar