01 avg 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Qozog'istonlik bokschi hamyurtimizni eng asosiy raqibi deb hisoblamoqda
Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori Samatali Toltaev Osiyo o'yinlaridagi eng asosiy raqibi sifatida o'zbekistonlik bokschini etirof etdi.
"Avval ishtirok etgan musobaqalarimdan kelib chiqadigan bo'lsak, birinchi navbatda o'zbekistonlik bokschi SHunqor Abdurasulovni ko'rsatgan bo'lardim. U kuchli raqib va mening asosiy raqobatchim.
SHuningdek, Filippin va Taylanddan ham kuchli raqiblarim bor. Ushbu mamlakat charm qo'lqop ustalari tezkor va kuchli texnikaga ega. Ularning barchasini mag'lub etishga harakat qilaman", - dedi bokschi.
Havola :
Manba : Қозоғистон бокс федерацияси
Fikrlar