26 avg 20:06
Yangiliklar
Engil atletika, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Terma jamoamizda yana bitta medal!
Osiyo o'yinlarining sakkizinchi kungi bahslari terma jamoamizga navbatdagi medalni taqdim etdi.
Engil atletikaning bosqon uloqtirish musobaqasida ishtirok etgan hamyurtimiz Suhrob Xo'jaev bronza medalini qo'lga kiritdi. U uloqtirgan bosqon 74 metru 6 santimetr masofaga borib tushgan. Bu Suhrobning mavsumdagi eng yaxshi natijasi bo'ldi.
Olimpiada chempioni tojikistonlik Dilshod Nazarov sportchimizdan 10 santimetr yaxshiroq natija ko'rsatdi va kumush medalga sazovor bo'ldi. Qatarlik (asli misrlik) Ashraf Elsayfi 76 metr 88 soniya ko'rsatkich bilan Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi.
Suratlar muallifi - Maruf Asqarov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar