So’nggi yangiliklar

15:04Гарсия Царукян олдидаги қарзи ҳақида: "Тўламайман!" 0 14:43"Интер" ҳимоячиси рекорд ўрнатди 0 14:22Сауль Альварес: "Энг кучли рақиб — чемпионни танлайман!" 0 14:01Элина Свитолина Штутгарт турнири 1/2 финалида ўйнайди 0 13:40Перейра мухлисларини тинчлантирди: "Тез орада машина каби бўламан" 0 13:19Hublot бренди Мбаппе билан биргаликда лимитланган соатларни чиқарди + ФОТО 0 12:58Павлович Тейшерега: "Ҳаммаси тезда тугайди" 0 12:37Биринчи ракеткамиз 20 та эйс амалга оширилган 1/2 финал учрашувида кортга чиқди 0 12:16Zuffa Boxing битта жанг учун 15 млн таклиф қилган боксчи билан шартномани узайтирди 0 11:55Суперлига. Бугун "Нефтчи" - "Насаф" ўйини бор 0 11:34Беш нафар дзюдочимиз Осиё чемпионати медаллари учун татамига чиқади 0 11:13UFC Fight Night 273 турнири жангчилари тарозига чиқди 0 10:52Пэдди Пимблеттнинг навбатдаги жанги тафсилотлари маълум 0 10:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"да ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса мағлуб бўлди + ВИДЕО 0 10:10Жаҳон чемпионатини тарихий натижа билан якунладик + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

20 avg 06:20
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari-2018. Uchta medal bilan 8-o'rindamiz, hozircha!

Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida o'tkazilayotgan 18-Osiyo o'yinlari asta-sekin o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.

Kechagi kun bahslaridan so'ng O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha jadvalda 8-o'rinni egallab turibdi. Erkin kurashchilarimiz terma jamoamiz hisobiga 1ta oltin, 2ta bronza medalini qo'shib qo'yishdi.

Xabar berganimizdek, -74 kg vazn toifasidagi polvonimiz Bekzod Abdurahmonov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo o'yinlari chempioni bo'ldi. -97 kg vazn toifasidagi Magomed Ibragimov hamda -65 kg vazndagi vakilimiz Sirojiddin Hasanov bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Jami 16ta medalni qo'lga kiritib ulgurgan Xitoy terma jamoasi kutilganidek medallar jamg'arish bo'yicha birinchi o'rinni egallab turibdi. CHin yurti vakillari 7ta oltin, 5ta kumush, 4ta bronza medali bilan taqdirlanishgan. 

O'n bitta davlat sportchilariga kamida bitta oltin medal olish nasib qildi. Yon qo'shnilarimiz qozog'istonlik sportchilar 1ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza medali bilan 5-pog'onadan joy olishgan. Qirg'iziston terma jamoasi 1ta kumush medalga sazovor bo'lgan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing