29 avg 14:10
        Yangiliklar	
	
				
				    Osiyo o'yinlari			    
				
				
			
				Osiyo o'yinlari-2018. Xitoyning oltin medallari roppa-rosa 100taga etdi!
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o'yinlari davom etmoqda. 
			Bugun Osiyo Olimpiadasining 11-kungi bahslari davom etayotgan bi pallada Xitoy terma jamoasi o'zining roppa-rosa 100-oltin medalini qo'lga kiritdi. CHin yurti terma jamoasining umumiy medallari soni esa 213taga etdi. Xitoyliklarda 65ta kumush, 48ta bronza medali ham bor.
Ikkinchi o'rindagi Yaponiya terma jamoasining umumiy medallari 151tani tashkil qilmoqda. SHulardan 47tasi oltin, 42tasi kumush, 62tasi bronza medallaridir. Kuchli uchlikka 33ta oltin, 40ta kumush, 48ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi yakun yasagan.


            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar