So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

01 okt 08:05
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo o'yinlari. 3ta oltin, 1ta kumush, 1ta bronza bilan 9-o'rindamiz!

Vetnamning Da Nang shahrida davom etayotgan sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilayotgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi ham bir nechta sport turlarida ishtirok etyapti. Kecha o'tkazilgan bahslardan so'ng terma jamoamiz hisobidagi medallar soni 5taga etdi. SHulardan 3ta oltin, bittasi kumush, bittasi bronza medalidir.

Kecha sambo bo'yicha o'tkazilgan musobaqada sportchilarimiz bittadan oltin va bronza medalini terma jamoamizga taqdim etishdi. -90 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ikromjon Yo'ldoshev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

Ayollar o'rtasidagi 56 kg vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etgan Malikabonu Mirzaeva bronza medali bilan taqdirlandi. Musobaqalar yakunlanishiga bir kun qolgan bir paytda terma jamoamiz 5ta medal bilan umumjamoa hisobida 11-o'rindan 9-pog'onaga ko'tarilib oldi.

37ta oltin, 32ta kumush, 36ta bronza, jami 105ta medal jamg'argan Vetnam terma jamoasi hamon katta farq bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindan joy olgan Tailand terma jamoasi hisobida 29ta oltin, 21ta kumush, 27ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka 11ta oltin, 16ta kumush, 16ta bronza medalini jamg'argan Xitoy terma jamoasi yakun yasagan.

Kuchli o'ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo'g'uliston, Kambodja va Qatar terma jamoalari o'rin olishgan. Jami 25ta mamlakat terma jamoalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. O'ttiz beshta terma jamoa esa kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritgan.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamizga musobaqaning ilk kunlarida uch nafar kurashchimiz 2ta oltin va bitta kumush medalini taqdim etishgandi. -66 kg vazn toifasida Mirjon To'xtaev, -73 kg vaznda Suhrob Xudoyberdiev Osiyo o'yinlari g'olibiga aylanishgan bo'lsa, -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz Muhammadali SHamsiddinov kumush medal bilan taqdirlangandi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing