23 avg 17:37
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari. Beshinchi kunda beshta medal qo'lga kiritdik!
Bugun o'zbekistonlik sportchilar tomonidan qo'lga kiritilgan medallar:
Oltin: 1ta (SHahboz Abdujabborov, SHahboz Xolmurzaev, akademik eshkak eshish, juftlik)
Kumush: 2ta (Madina Mannopova (taekvondo), Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi).
Bronza: 1ta (I.Mambetnazarov, SH.Najmiev, SH.Xakimov, Z.Usmonov, akademik eshkak eshish, to'rtlik)
17:39. Afsuski, tennischimiz Jo'rabek Karimov xitoylik raqibiga 2:6, 4:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
16:27. Og'ir atletikachimiz Muattar Nabieva o'z ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz dast kutarishda 98, siltab ko'tarishda esa 119, umumiy hisobda esa 217 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi va yakunda to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi.
15:59. Futbol. O'zbekiston terma jamoasi Gonkongni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. Gollarga Ikrom Aliboev, Javohir Siddiqov va Zabihillo O'rinboevlar mualliflik qilishdi. Endi futbolchilarimiz yarim final yo'llanmasi uchun Eron yoki Janubiy Koreya terma jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadilar.
15:08. Oksana CHusovitina tayanib sakrash mashqlarida ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medalni qo'lga kiritdi!
14:50. Penchak silat bo'yicha bahslarda ishtirok etgan uch nafar sportchimiz ilk janglaridayoq imkoniyatni boy berishdi va musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
14:39. Futbolchilarimizning o'yini davom etmoqda. Hamyurtlarimiz hozircha Ikrom Aliboevning goli evaziga 1:0 hisobida oldinda bormoqdalar.
14:16. Madina Mannopova tailandlik sportchiga 3:21 hisobida mag'lub bo'ldi va kumush medal sohiboasiga aylandi.
14:08. Birozdan so'ng taekvondochimiz Madina Mannopova oltin medal uchun jang qiladi. Ushbu bahsda hamyurtimizga tailandlik sportchi raqib bo'ladi.
14:00. Futbolchilarimiz Gonkongga qarshi o'yinni boshlashdi.
13:53. Og'ir atletikachimiz SHahzodbek Xudoyberganov o'z ishtirokini yakunladi. Dast ko'tarishda 153 kg natija ko'rsatgan hamyurtimiz, siltab ko'tarishda har uchchala imkoniyatdan foydalana olmadi.
13:30. Madina Mannopova yarim finalda yaponiyalik Miyu Yamadani 14:11 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!
13:04. Og'ir atletikachimiz SHahzod Xudoyberganov dast ko'tarishda 153kg natija ko'rsatdi. Endi u siltab ko'tarishda o'z chiqishlarini boshlaydi
12:37. Denis Istomin qozog'istonlik Aleksandr Bublikka qarshi o'yinini yakunladi. Hamyurtimiz 6:1, 3:0 hisobida g'alaba qozonayotgan bir vaqtda raqib o'yinni davom ettira olmasligini malum qildi. Istomin yarim finalda! Havo issiqligidan sportchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
12:01. Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov 150 km masofaga yakkalik poygasida 15-o'rinni egalladi. Marat Izmaylov esa 39-o'rindan joy oldi.
11:49. Birozdan so'ng og'ir atletikachimiz SHahzodbek Xudoyberganov o'z chiqishini boshlaydi.
10:08. Slalomda eshkak eshish bahslarida finalda ishtirok etgan Jonibek Temirgaliev finalda chiqish qildi. Afsuski, u 97,44 natija bilan kuchli uchlikka kira olmadi.
09:30. Taekvondochimiz Madina Mannopova chorak finalda livanlik Anna El Haddaddan 11:5 hisobida ustun keldi va yarim finalda ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Endi u finalga chiqish uchun yaponiyalik Miyu Yamadaga qarshi dayanga chiqadi.
09:19. Akademik eshkak eshish bo'yicha to'rtlik bahslarida qatnashgan hamyurtlarimiz finalda uchinchi natijani qayd etishdi va BRONZA medalini qo'lga kiritishdi.
09:02. Afsuski, taekvondochimiz Hojiakbar Zokirov ikkinchi jangida eronlik Amirmuhammad Bahshikaloriga 4:24 hisobida yutqazib qo'ydi.
08:59. Takevondochilarimiz Madina Mannopova va Xojiakbar Zokirov ilk janglarini g'alaba bilan boshlashdi. Madina Gonkong, Hojiakbar esa afg'onistonlik sportchini mag'lubiyatga uchratdi.
08:52. Akademik eshkak eshish. Yana bir juftligimiz: Sardor To'lqinxo'jaev va Alisher Turdiev finalda marraga ikkinchi bo'lib etib kelishdi. KUMUSH MEDAL!
08:29. AKADEMIK ESHKAK ESHUVCHILARIMIZDAN OLTIN MEDAL! Hamyurtlarimiz 6:48.19 ko'rsatkich bilan marraga birinchi etib borishdi va oltin medalni qo'lga kiritishdi.
08:10. Birozdan so'ng akademik eshkak bo'yicha juftlik bahslarida SHahboz Xolmurzaev va SHahboz Abdujabborovlar finalda startga chiqishadi.
07:58. Golfchilarimiz jamoaviy bahslarda o'z ishtiroklarini boshlashgan.
Assalomu alaykum. Osiyo o'yinlarining beshinchi kuniga bag'ishlangan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
Bugungi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
Suzish
Artyom Kozlyuk (50 m baterflay suzish, saralash va final)
Xurshidjon Tursunov (100 m erkin suzish, saralash va final)
Aleksey Tarasenko (100 m erkin suzish, saralash va final)
Taekvondo:
-68kg: Xojiakbar Zokirov (saralash va final)
-49kg: Madina Mannopova (saralash va final)
Golf:
(jamoaviy, 1-bosqich)
K. Kubanaliev
S.CHen
R.Ten
E.Li
Og'ir atletika:
-77kg: SHahzod Xudoyberganov (final)
-58kg: Muattar Nabieva (final)
Penchak Silat:
Nurillo Saidov
Husanxon Baratov
Ayubxon Abdullaev
Velosport:
(SHosse, yakkalik, 150km):
Murod Xolmurodov
Andrey Izmaylov
Slalomda eshkak eshish:
(yakkalik, yarim final, final)
Jonibek Temurgaliev
Ramil Kirpichev
Akademik eshkak eshish:
Jasurbek Mavlonov (yakkalik M1x, final)
SHahboz Xolmurzaev, SHahboz Abdujabborov (juftlik, final)
Sardor To'lqinxo'jaev, Alisher Turdiev (Juftlik M2-, final)
I.Mambetnazarov, SH.Najmiev, SH.Xakimov, Z.Usmonov (to'rttalik LM4-, final)
Tennis:
(Yakkalik, chorak final)
Denis Istomin – Aleksandr Bublik (Qozog'iston)
Jo'rabek Karimov – Yibing Vu (Xitoy)
Futbol:
O'zbekiston - Gonkong
Sport gimnastikasi:
Oksana CHusovitina (erkin mashqlar, final)
Fikrlar
(++++++++++ bosinglar)