So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

30 sen 21:52
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo o'yinlari. Bugun bittadan oltin va bronza medalini qo'lga kiritdik

SHu kunlarda Vetnamning Da Nang shahrida sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilayotgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi ham bir nechta sport turlarida medallar uchun bahslarga kirishgan. Bugun o'tkazilgan bahslardan so'ng terma jamoamiz hisobidagi medallar soni 5taga etdi. SHulardan 3ta oltin, bittasi kumush hamda bronza medallaridir.

Bugun sambo bo'yicha o'tkazilgan musobaqada sportchilarimiz bittadan oltin va bronza medalini terma jamoamizga taqdim etishdi. -90 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ikromjon Yo'ldoshev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

U final bahsida qozog'istonlik Alibek Zekenovdan ustun keldi. Finalgacha bo'lgan bahslarda esa livanlik Kevin Nikolaos, tailandlik Sonram Jengxor, eronlik Iraj Amirxanidan ustun ekanligini amalda isbotladi.

Samboning ayollar o'rtasidagi -56 kg vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etgan Malikabonu Mirzaeva bronza medali bilan taqdirlandi. U yarim finalda mezbonlar vakilasiga yutqazib qo'ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa tailandlik Sasipilay CHaysangni taslim etdi.  


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing