16 avg 09:36
Yangiliklar
Futbol, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari. Bugun futbolchilarimiz Qatarga qarshi bahs olib boradilar
Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlarining futbol bo'yicha bahslari boshlanib ketgan.
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlarining birinchi turida Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Futbolchilarimiz bugun ikkinchi tur doirasida Qatar terma jamoasi azolariga qarshi bahs yuritadilar.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Bagordagi "Pakansari" stadionida boshlanadi.
Osiyo o'yinlari. "B" guruhi
Jakarta. Bagor. "Pakansari" stadioni. 17:00
Qatar - O'zbekiston
Guruhdagi ikkinchi o'yin esa Bangladesh va Tayland terma jamoalari o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar