25 avg 14:18
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari g'olibi Denis Istomin Tokio Olimpiadasi licenziyasiga ega bo'ldi!
Ushbu muvaffaqiyat tennischimizga nafaqat Osiyo o'yinlari g'olibligi unvonini, balki 2020 yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari licenziyasini ham taqdim etdi.
Qayd etib o'tish lozimki, O'zbekiston sport delegaciyasi 16 yil ichida ilk marotaba tennis bo'yicha Osiyo o'yinlarida oltin medalga ega chiqdi. Bungacha 2002 yili Pusan mezbonlik qilgan Osiyo Olimpiadasida Iroda To'laganova oltin medalga sazovor bo'lgandi.
SHuningdek, Denis Istomin mamlakatimizga Tokio 2020 uchun ilk licenziyani ham olib berdi. Demak, tennischimiz o'zbekistonlik sportchilar ichida birinchi bo'lib Yaponiya poytaxtida bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
G'alaba muborak, O'zbekiston!
Fikrlar