27 sen 20:15
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari. Kurashchilarimizdan 2ta oltin va bitta kumush medal!
O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilayotgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi ham bir nechta sport turlarida medallar uchun bahslarga kirishgan.
Jumladan, milliy qadriyatimiz hisoblangan kurashchilarimiz ham Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti. Terma jamoa azolaridan uch nafari Osiyo o'yinlari g'olib va sovrindorlariga aylanishdi.
-66 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Mirjon To'xtaev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
-73 kg vazndagi polvonimiz Suhrob Xudoyberdiev ham Osiyo o'yinlari g'olibiga aylandi. -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz Muhammadali SHamsiddinov esa, finalda mag'lubiyatga uchrab, kumush medal bilan taqdirlandi.
Fikrlar