28 sen 08:30
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari. Medallar jamg'arish bo'yicha 10-o'rindamiz!
O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilayotgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi ham bir nechta sport turlarida medallar uchun bahslarga kirishgan. Hozircha terma jamoamiz 2ta oltin va bitta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 10-o'rinni egallab turibdi.
20ta oltin, 12ta kumush, 16ta bronza, jami 48ta medal jamg'argan Tailand terma jamoasi birinchi o'rinni band etgan. 19ta oltin, 19ta kumush, 26ta bronza medalini qo'lga kiritib ulgurgan mezbonlar – Vetnam terma jamoasi ikkinchi o'rindan joy olgan. Kuchli uchlikka 6ta oltin, 8ta kumush, 12ta bronza medalini jamg'argan Xitoy terma jamoasi yakun yasagan.
Kuchli o'ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo'g'uliston, Qozog'iston hamda Filippin terma jamoalari o'rin olishgan. Jami 21ta mamlakat terma jamoalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. 33ta terma jamoa esa kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamizga barcha medallarni kurashchilarimiz taqdim etishgan. -66 kg vazn toifasida Mirjon To'xtaev, -73 kg vaznda Suhrob Xudoyberdiev Osiyo o'yinlari g'olibiga aylangan bo'lsa, -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz Muhammadali SHamsiddinov kumush medal bilan taqdirlandi.
Fikrlar