30 sen 08:25
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari. Medallar jamg'arish bo'yicha bir pog'ona pastladik
O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilayotgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi ham bir nechta sport turlarida medallar uchun bahslarga kirishgan. Hozircha terma jamoamiz 2ta oltin va bitta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 11-o'rinni egallab turibdi.
31ta oltin, 26ta kumush, 30ta bronza, jami 87ta medal jamg'argan Vetnam terma jamoasi birinchi o'rinni egallab turibdi. Tailand terma jamoasi hisobida 27ta oltin, 17ta kumush, 23ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka 10ta oltin, 13ta kumush, 15ta bronza medalini jamg'argan Xitoy terma jamoasi yakun yasagan.
Kuchli o'ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo'g'uliston, Qozog'iston, Qatar va Filippin terma jamoalari o'rin olishgan. Jami 23ta mamlakat terma jamoalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. 34ta terma jamoa esa kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamizga barcha medallarni kurashchilarimiz taqdim etishgan. -66 kg vazn toifasida Mirjon To'xtaev, -73 kg vaznda Suhrob Xudoyberdiev Osiyo o'yinlari g'olibiga aylangan bo'lsa, -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz Muhammadali SHamsiddinov kumush medal bilan taqdirlangandi.
Fikrlar