29 sen 09:15
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari. Medallar jamg'arish bo'yicha hamon 10-o'rindamiz!
O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilayotgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi ham bir nechta sport turlarida medallar uchun bahslarga kirishgan. Hozircha terma jamoamiz 2ta oltin va bitta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 10-o'rinni egallab turibdi.
28ta oltin, 23ta kumush, 28ta bronza, jami 79ta medal jamg'argan Vetnam terma jamoasi Tailandni ortda qoldirib, birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Tailand terma jamoasi hisobida 24ta oltin, 14ta kumush, 20ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka 8ta oltin, 12ta kumush, 14ta bronza medalini jamg'argan Xitoy terma jamoasi yakun yasagan.
Kuchli o'ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo'g'uliston, Qozog'iston hamda Filippin terma jamoalari o'rin olishgan. Jami 22ta mamlakat terma jamoalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. 33ta terma jamoa esa kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamizga barcha medallarni kurashchilarimiz taqdim etishgan. -66 kg vazn toifasida Mirjon To'xtaev, -73 kg vaznda Suhrob Xudoyberdiev Osiyo o'yinlari g'olibiga aylangan bo'lsa, -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz Muhammadali SHamsiddinov kumush medal bilan taqdirlangandi.
Fikrlar