So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

27 apr 15:09
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari mezbonligi uchun O'zbekistonga ikki raqobatchi paydo bo'ldi

Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) 2030 yilda Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun yana ikkita buyurtma olganligini elon qildi, deya xabar qilmoqda MOQ rasmiy sayti.

Qatarning Doxa va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shaharlari 2030 yil bo'lib o'tadigan XXI Osiyo o'yinlarini o'tkazish to'g'risida rasmiy buyurtma berishdi. Ushbu mamlakatlar Milliy Olimpiya qo'mitalarining tender hujjatlariga Doxa va Ar-Riyod shaharlari hamda ushbu davlatlar hukumatlarining Osiyo o'yinlarini qabul qilishga tayyor ekanliklari bayon etilgan ramiy murojaatlari ilova qilingan.

Bu o'rinda 2006 yilda Doxada XV Osiyo o'yinlari bo'lib o'tganligini, ammo Saudiya Arabistonida OOKning rasmiy musobaqlari umuman o'tkazilimaganlini eslab o'tish mumkin.

Osiyo Olimpiya Kengashining prezidenti shayx Axmad al-Faxad as-Sabax shunday bayonot berdi: “OOK 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun ikkita yaxshi buyurtma olganligidan mamnun. Bu Osiyoda Olimpiya harakatiga ishonch dalolatidir va bizning jahon darajasida yirik ko'lamda sport tadbirlarini o'tkazish bo'yicha obro'mizni yanada oshiradi. Ushbu buyurtmalar tufayli bizda endilikda 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini o'tkazish bo'yicha barqarorlik hamda bo'lajak o'n yil davomida sport harakatimizda izchillik mustahkamlandi. Bu, shuningdek, Osiyoning global Olimpiya harakatida asosiy sherik ekanligini tasdiqlaydi. Bu Milliy Olimpiya qo'mitalarimizga, bizning mamuriyatimizga va, eng avvalo, sportchilarimizga qisqa, o'rta va uzoq muddatli aniq istiqbol rejalarini tuzish imkonini beradi”.

Malumki, XIX Osiyo o'yinlari 2022 yilda Xitoyning Xanchjou, XX Osiyo o'yinlari 2026 yilda Yaponiyaning Ayti-Nagoya shaharlarida bo'lib o'tadi. OOK 2020 yil 23 yanvarda barcha 45 ta Milliy Olimpiya qo'mitalariga 2030 yildagi XXI Osiyo o'yinlariga tender o'tkazilishi malum qilingan farmoyishni yuborgan edi.

XXI Osiyo o'yinlari mezboni va tashkilotchisining tanlanishi Xitoyning Sane shahrida VI Osiyo sohil o'yinlari arafasida – 2020 yil 29 noyabrda bo'lib o'tadigan OOKning Bosh Assambleyasida hal etilishi kutilmoqda.

Avvalgi Osiyo o'yinlari quyidagi shaharlarda bo'lib o'tgan: 1951, Nyu-Deli, Hindiston; 1954, Manila, Filippin; 1958, Tokio, Yaponiya; 1962, Jakarta, Indoneziya; 1966, Bangkok, Tailand; 1970, Bangkok, Tailand; 1974, Tehron, Eron; 1978, Bangkok, Tailand; 1982, Nyu-Deli, Hindiston; 1986, Seul, Koreya; 1990, Pekin, Xitoy; 1994, Xirosima, Yaponiya; 1998, Bangkok, Tailand; 2002, Pusan, Koreya; 2006, Doxa, Qatar; 2010, Guanchjou, Xitoy; 2014, Inchxon, Koreya; 2018, Jakarta-Palembang, Indoneziya.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston 2030 yilgi Osiyo o'yinlari mezbonligi uchun davogar sifatida elon qilingandi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
27 apr 20:20:33
Neytral
.Sherzod. foydalanuvchining fikriga javob berish
Doxa manimcha qabul qilmasa kerak ular uje olimp mezbonligiga xarakat qilmoqda Ar Riyod ularda moddiy tomonlama potensial yuqori darajada lekin Uzbekistan ning mezbonlik qilishi manimcha xaqiqatga yaqinroq chunki Markaziy Osiyo mintaqasi xali bu darajadagi sport mezbonligini o'zida otkazmagan yaqona mintaqa. Yaxshi bolerdi bizda bolsa rivojlanish 20-30 yilga tezlashardi
Eronam markaziy osiyoga kiradi wekl
   
27 apr 17:58:20
Xushnudbek Tojibayev
Nima qilib bo'lsa ham mezbonlikni qo'lga kiritish kerak. Davlat imidji uchun juda katta foyda bo'ladi. Faqat Milliy Olimpiya qo'mitamiz bundanam ko'proq harakat qilishi kerak.
   
27 apr 17:22:00
.Sherzod.
Doxa manimcha qabul qilmasa kerak ular uje olimp mezbonligiga xarakat qilmoqda Ar Riyod ularda moddiy tomonlama potensial yuqori darajada lekin Uzbekistan ning mezbonlik qilishi manimcha xaqiqatga yaqinroq chunki Markaziy Osiyo mintaqasi xali bu darajadagi sport mezbonligini o'zida otkazmagan yaqona mintaqa. Yaxshi bolerdi bizda bolsa rivojlanish 20-30 yilga tezlashardi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing