So’nggi yangiliklar

14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0 13:44Фьюри фаолиятида саккизинчи маротаба нокдаун ҳолатига тушиб қолди 0 13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0 11:57Қозоғистонлик жангчи икки ўзбек ММАчисига "вызов" ташлади 0 11:36Олимпиада-2024 лицензианти Бекзод Абдураҳмонов Парижга бормаслиги мумкин 0 11:15"Байер" раҳбарияти футболчиларга чемпионлик узуклари тақдим этди + ФОТО 0 10:54Усик Тайсон Фьюрининг реванш ҳақидаги сўровига 4 та сўз билан жавоб берди 0 10:33Усик — Фьюри жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма + ФОТО 0 10:12UFC Fight Night 241 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 09:51МЛС. Сўнгги дақиқаларда киритилган гол "Интер Майами"ни пешқадамга айлантирди 0

04 okt 19:10
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari. O'n birinchi kunda 4 ta medalga ega chiqdik, ularning ikkitasi oltin

4 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarining o'n birinchi kun bahslari bo'lib o'tdi.

Kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi azolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Oltin:

Jalgasbay Berdimuratov (Sport kurashlari)

SHarifa Davronova (Engil atletika)


Kumush:

Muhammadqodir Toshtemirov (Og'ir atletika)


Bronza:

To'rabek Habibullaev (Boks).


- - - - - 


Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


SAHIFANI YANGILASH


18:50. Futbolchilarimiz Koreya Respublikasiga 1:2 hisobida yutqazishdi. Endi vakillarimiz bronza medali uchun maydonga tushishadi.


17:49. Suvga sakrash. Afsuski Igor Myalin 10 metrli platformadan sakrash bahslarida 6-o'rinni egalladi va medal qo'lga kirita olmadi. 


17:45. SHaxmatchi qizlarimiz Hindistonga 0:4 hisobida yutqazib qo'yishdi. 


17:41. Futbol. Afsuski futbolchilarimiz 38-daqiqada Koreyadan ikkinchi golni o'tkazib yuborishmoqda. Hozircha 1:2. Yutqazyapmiz.


17:39. Og'ir atletikachimiz Muhammadqodir Toshtemirovdan kumush medal! U dast ko'tarishda 159, siltab ko'tarishda 192, umumiy hisobda 351 kg natija ko'rsatdi va kumush medalni qo'lga kiritdi!


17:28. Bu vaqtga qelib futbol bo'yicha terma jamoamiz Koreya Respublikasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etmoqda. Jasur Jaloliddinov jarimadan ajoyib gol bilan hisobni tenglashtirdi!


17:18. OLTINNNN!!! Engil atletikachimiz SHarifa Davronova uchxatlab sakrash bahslarida 14.09 natija ko'rsatdi va oltin medalni qo'lga kiritdi! 17 yoshli SHarifa mazkur Osiyo o'yinlarida faoliyatidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi! BALLI!


17:00. Og'ir atletika. Muhammadqodir Toshtemirov  dast ko'tarishda 159 kg natija ko'rsatdi. U hozircha ikkinchi o'rinda. Oldinda siltab ko'tarish bahslari bor. 


16:50. SHaxmat. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Mo'g'ulistonni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Javohir Sindarov va SHamsiddin Vohidov g'alaba qozondi, Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev durang qayd etdi.


16:44. Boks. Abdumalik Xalokov yarim finalda xitoylik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi! Ushbu g'alaba orqali u Parij Olimpiadasi licenziyasini ham qo'lga kiritdi!


16:41. OLTINNN!!! Yunon-rum kurashchimiz Jalgasbay Berdimuratov finalda eronlik raqibini 7:4 hisobida mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi!


16:10. SHarifa Davronova uch xatlab sakrashdagi ishtirokini boshlamoqda. 


16:05. Jalgasbay Berdimuratov ishtirokidagi finalga oz qolmoqda.


16:00. Og'ir atletika. Muhammadqodir Toshtemirov o'z ishtirokini boshlamoqda. 


15:00. Mahmud Bahshilloev bronza medali uchun bahsda Qirg'iziston vakiliga imkoniyatni boy berdi va medalsiz qoldi. 


14:12. Islomjon Bahromov bronza medali uchun kechgan bahsda koreyalik raqibga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va 5-o'rin bilan kifoyalandi.


14:00. Sport kurashlarida medallar uchun bahslar boshlandi. 


12:15. Bokschimiz To'rabek Xabibullaev yarim finalda xitoylik kuchli raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi va Osiyo o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritdi.


12:00. Hasanboy Do'smatov yarim finalda yaponiyalik raqibini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi! Ushbu g'alaba orqali Hasanboy Parij Olimpiadasi licenziyasini ham qo'lga kiritdi!


— Igor Myalin ishtirokidagi final bellashuvi Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

 

11:30. CHim ustida xokkey. O'zbekiston terma jamoasi 9-o'rin uchun kechgan bahsda Indoneziyaga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqani 10-o'rinda yakunladi.


11:26. Igor Myalin 10 metrga suvga sakrash bahslarida saralash bosqichida ishtirok etib, 341.30 ochko jamg'arib, finalga yo'l oldi. 


10:55. SHaxmat. 6-tur uchrashuvlari boshlanishiga oz qolmoqda. Bu turda erkaklar terma jamoamiz Mo'g'uliston, qizlarimiz esa Hindistonga qarshi bahs olib boradilar.


10:46. Veloshosse. Sportchilarimiz bugungi ishtirokini yakunladi. 141 kmga kechgan bahsda Olga Zabelinskaya 3:36:08 vaqt bilan to'qqizinchi, Yanina Kuskova esa 3:36:10 vaqt bilan o'n to'rtinchi bo'ldi. 


10:25. Ot sporti. Konkurchilarimiz tonggi dasturda individual hamda jamoaviy yo'nalishda ishtirok etishgan edi. Ahamiyatlisi, Bekzod Qurbonov, Xurshidbek Alimjonov, Umidjon Komilov, Bahromjon Gazievdan iborat terma jamoamiz individual bahslarda 2-saralash bosqichiga, jamoaviy bahslarda final bosqichiga yo'l oldi. Ularning keyingi chiqishi 11:00 da boshlanadi.


— Toshkent vaqti bilan 14:00 da yunon rum kurashi bo'yicha bronza va final bellashuvlari start oldi. Unda uch nafar hamyurtimiz gilamga chiqadi:

Bronza, 60 kg. Islomjon Bahromov - CHung Hanjae (Koreya Respublikasi)

Bronza, 67 kg. Mahmud Baxshilloev - Razzak Beisheekev (Qirg'iziston)

Final, 87 kg. Jalgasbay Berdimuratov - Nasir Alizade (Eron) 


9:58. Dilshod Omongeldiev o'tish bosqichida koreyalik Kim Hyonvo bilan jang qildi va 3:6 hisobida mag'lub bo'ldi.


9:30. Islomjon Bahromov (60 kg) yarim final doirasida qirg'izistonlik Jolaman SHarshenbekov bilan jang qildi va 0:11 hisobida mag'lub bo'ldi.


9:25. Jalgasbay Berdimuratov finalda! Hamyurtimiz yarim final bosqichida yaponiyalik Sumi Masatoni 3:1 hisobida taslim etdi.


9:13. Mahmud Baxshilloev yarim final bosqichida yaponiyalik Endo Katsuakiga qarshi gilamga chiqib, 1:6 hisobida mag'lub bo'ldi.


8:39. Dilshod Omongeldiev chorak finalda eronlik Amin Kaviyaninejaga 3:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endilikda hamyurtimiz o'tish bosqichida ishtirok etadi.


8:35. Islomjon Bahromov chorak finalda xitoylik Liguo Saoni 3:1 hisobida mag'lub etdi va yarim final masalasini hal qildi.


8:31. Mahmud Baxshilloev turkmanistonlik, Jalgasbay Berdimuratov esa qozog'istonlik raqibini mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.


7:42. Islomjon Bahromov (60 kg) ham ilk jangini o'tkazdi. Hamyurtimiz vetnamlik Tien Hay Buyga qarshi kechgan jangda 8:0 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.


7:19. Yunon-rum kurashchimiz Mahmud Baxshilloev (67 kg) nimchorak final bosqichida hindistonlik Niraj bilan jang qildi va 5:3 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.


7:07. Veloshosse. Yanina Kuskova hamda Olga Zabelinskaya o'z ishtirokini boshladi.


7:00. Ayni damda ot sportining konkur yo'nalishida vakillarimiz o'z chiqishini davom ettirmoqda.


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

- - - - - -

4 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:

6:00. - Ot sporti. Individual, 1-raund. Bekzod Qurbonov, Xurshidbek Alimjonov, Umidjon Komilov, Bahromjon Gaziev

6:00 dan so'ng. - Ot sporti. Jamoaviy, 1-raund. O'zbekiston (Bekzod Qurbonov, Xurshidbek Alimjonov, Umidjon Komilov, Bahromjon Gaziev)

7:00. - Veloshosse. Ayollar, final. Yanina Kuskova, Olga Zabelinskaya

7:00. - Yunon-rum kurashi. 60 kg, nimchorak final. Islomjon Bahromov - Tien Hay Buy (Vetnam)

7:00. - Yunon-rum kurashi. 67 kg, nimchorak final. Mahmud Baxshilloev - N. Niraj (Hindiston)

7:00. - Yunon-rum kurashi. 77 kg, chorak final. Dilshod Omongeldiev - H. Kim (Koreya)/A. Kaviyanineja (Eron) bahsi g'olibiga qarshi

7:00. - Yunon-rum kurashi. 87 kg, chorak final. Jalgasbay Berdimuratov - Hieu Din (Vetnam)/M. Saylau (Qozog'iston) bahsi g'olibiga qarshi

9:45. - CHim ustida xokkey. Erkaklar, 9-10-o'rin uchun. O'zbekiston - Indoneziya

10:00. - Suvga sakrash. Erkaklar, saralash. Igor Myalin

11:45. - Boks. Erkaklar, -51 kg, yarim final. Hasanboy Do'smatov - Tomoya Cuboi (Yaponiya)

12:00. - SHaxmat. Erkaklar, jamoaviy, 6-tur

12:00. - SHaxmat. Ayollar, jamoaviy, 6-tur

12:00. - Boks. Erkaklar, -80 kg, yarim final. To'rabek Habibullaev - Tanglaytan To'xtarbay (Xitoy)

16:00. - Og'ir atletika. Erkaklar, 81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov

16:10. - Engil atletika. Ayollar, uzunlikka sakrash. SHarifa Davronova

16:30. - Boks. Erkaklar, -57 kg, yarim final. Abdumalik Xalokov - Ping Lyu (Xitoy)

17:00. - Futbol. Erkaklar, yarim final. O'zbekiston - Janubiy Koreya.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
04 okt 18:36:44
Bulent Ersoy
Bugun bizda medalga uynab bittasiniyam ololmagani yomon buldi lekin xammasini omadga yuyishxam yaramiydi chunki kutli xar qanday sharoitdaxam kuchi buladi uzi kurashchilarimiz tayorgarligi yaxshi mas ekan buni jaxon chempionatidayam kurdik umuman natija kursatolmayapti mana osiyodayam koreyaga mag'lub bulib utiribti trenerni almashtirish.kere
+1   
04 okt 17:31:36
aszmuzb
Таир Мадияров foydalanuvchining fikriga javob berish
Жалгасбай! Атана рахмет! Каракалпакстан сендей азаматлары менен мактанады!
Нафақат Қорақалпоғистон Ўзбекистон хам фахрланади ...
+1   
04 okt 16:50:30
Таир Мадияров
Жалгасбай! Атана рахмет! Каракалпакстан сендей азаматлары менен мактанады!
+1   
04 okt 10:18:23
Bulent Ersoy
Ex bronzaniyam quldan chiqaribtide koregayam yutqqazadimi eronga yutqazsayam tushunardim
   
04 okt 18:28:54
Bulent Ersoy
Ot sporti nima buldi
   
04 okt 17:12:44
Bulent Ersoy
Ex asosiy raqibi yuq joyda 2 chi yana uzi u dast kutarishta yaxshiyuOgir atletikani qaerda kursa buladi
   
04 okt 16:19:04
Bulent Ersoy
Shu hindchalikxam bumadik qirgizni yuti bronza oldi
   
04 okt 12:20:58
TOKIO-2020
Япон жудаям айёр боксчи экан. Хасанбой эса босиқлик билан ҳаммасини хал қилди қойил.
   
04 okt 12:02:42
Bulent Ersoy
Xasanboy qochib yuribti zurlihini kursatib urib tashamiydimi finalda omad
   
04 okt 10:20:00
Aziz Nabiev
Yunon rum kurashchilar faqat yutqazishdiey eng alamlisi qirgʻizga 0-11 ga nimaga tayyorlangan bitta finalda.
   
04 okt 08:54:30
Bulent Ersoy
Uzi uchta ishtirokchiga yaxshi raqiblar tushgan bumasa eron engilsa xayron bulardim
   
04 okt 08:51:29
Тож
Юнон-рум курашини олиб берсин Спорт тв. 150 кмли велошассени шархлайман деб шархловчини ўзиям зерикиб кетдию! Қисқароқ қилиб олиб берса бўладику! Бир ярим соатдан бери велошассени кузатиб ўтирибмиз. Бизникидарга омад!
   
04 okt 08:39:18
Boks
Хасонбойни ракиби кучли жахон чемпионатидям анча кинаганди хасонбойни, торабекта еса Жаһон чемпионати финалисти ракиб болипти амалдаги чемпионниям чикарворди, Хасан билан торага анча кийн
   
04 okt 08:38:21
Bulent Ersoy
Konkur nima buldi bizni federatsiya raxbatixam qatnashayotgan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing