So’nggi yangiliklar

20:25"Рома" Ла Лига ўтган мавсуми тўпурарларидан бирини сотиб олмоқчи 0 20:02Нуротада гандбол бўйича Ўзбекистон чемпионлари аниқланди 0 19:41Рафаэль Надаль Бостаддаги турнирда иштирок этади 0 19:20Грузиялик Жаҳон чемпиони ўз уйида ўлик ҳолда топилди 0 18:58Шайҳонтоҳурда стол тенниси бўйича "Солиқ қўмитаси раиси кубоги" ўтказилди 0 18:58Алекс Фергюсон: "Роналду ЖЧ-2026да ўйнашини тасаввур қила олмайман" 0 18:37"Шавкат Раҳмонов дивизиондаги энг хавфли йигит" - Иан Гарри 0 18:15Қозоғистон терма жамоаси Париж Олимпиадаси учун таркибини эълон қилди + ФОТО 0 17:53Холлоуэй Топурия ҳақида: "У йигит шунчаки ўзидан тўқиб гапирмоқда" 0 17:30Расман: "Манчестер Юнайтед" Эрик тен Хаг билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Мен ҳеч қачон реваншларда ютқазмаганман. Ютқазмайман ҳам". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 16:51Катта карвон олимп сари йўлга чиқди 0 16:45Қозоғистоннинг Париж Олимпиадасидаги байроқдорлари маълум бўлди 0 16:23UFC чемпиони Жон Жонс кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 16:01"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди 0

24 avg 19:20
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari. Osiyo o'yinlarining oltinchi kunida ikkita kumush

Teglar :  Osiyo o'yinlariLIVE
Indoneziyada Osiyo o'yinlarining oltinchi kungi bahslari nihoyasiga etdi.


Musobaqaning oltinchi kunida ikkita kumush medal qo'lga kiritdik:

Akademik eshkak eshish, sakkizlik: (Alisher Yarov, Dostonjon Baxriev, Islam Mambetnazarov, Dostonjon Xursanov, SHohjahon Najmiev, Otamurod Rahimov, SHehroz Hakimov, Zafar Usmonov hamda Anatoliy Krasnov)


Velosport: Murod Xolmurodov



18:05. Anton Fokin o'z chiqishida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va medal qo'lga kirita olmadi.


17:34. Boks. Bobousmon Baturov mo'g'ulistonlik Byanba Erdeneni mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.


17:14. Tennischimiz Denis Istomin yarim finalda hindistonlik raqibini 6:2, 6:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.


17:42. Og'ir atletika. Sunnatillo O'sarov dast ko'tarishda 158kg, siltab ko'tarishda esa 182kg natija qayd etdi. Umumiy hisobda 340kg natija ko'rsatgan hamyurtimiz oltinchi natijani qayd etdi.


17:10. Suzish. Vladislav Mustafin finalda startga chiqdi va marraga beshinchi bo'lib etib bordi.

 

15:45. Og'ir atletikachimiz Sunnatillo O'sarov dast ko'tarishda 158kg natija ko'rsatdi.

 

15:27. Sport gimnastikasi. Rasuljon Abdurahmonov o'z ishtirokini boshlamoqda.


14:22. Penchak Silat. Munisa Rabbimova ilk jangida vetnamlik Tem Tranga 0:5 hisobida yutqazib qo'ydi.


14:03. Bokschimiz Yodgoroy Mirzaeva ilk jangida Xitoy Taypeyi vakiliga yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


13:55. Velosportchimiz Murod Xolmurodov 40 km masofaga shosse bahslarida ikkinchi natijani qayd etdi va KUMUSH medalni qo'lga kiritdi. 


11:02. Jiu-jitsu bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtlarimizning barchasi mag'lub bo'ldi. Faqatgina -56 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Akmal Amirov bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. 


09:43. Yana bir jiu-jitsuchimiz Akmal Amirov esa tailandlik Suvijak Kuntongdan 13:4 hisobida ustun keldi va chorak finalga yo'l oldi. 


09:23. Jiu-jitsu. Homidjon Mo'minov 1/16 finalda bahraynlik Maytam Sabbani 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 


09:09. Suzish bo'yicha estafeta bahslarida ishtirok etgan yigitlarimiz o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan bo'lsalarda, finalga yo'l ololmadilar. 


09:00. Akademik eshkak eshish. Sakkiztalik bahslarda startga chiqqan sportchilarimiz marraga ikkinchi bo'lib etib kelishdi va KUMUSH medalni qo'lga kiritishdi.


08:49. Jiu-jitsu. -56 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan sportchilarimiz g'alaba bilan boshlashdi. Doston Ro'ziev mo'g'ulistoknli Byaanduren Gantumurni 4:0, Akmal Amirov esa iroqlik Muhammad Ismoilni 4:0 hisobida mag'lub etib, 1/8 finalga chiqdi.

 

08:31. Akademik eshkak eshish. To'rtlik bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz finalda to'rtinchi o'rinni egallashdi.


08:10. Suzuvchimiz Vladislav Mustafin saralash bahslarida uchinchi natijani qayd etdi va finalga yo'l oldi. 


07:53. Penchak Silat bahslarida ishtirok etayotgan Abdumalik Saidov eronlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi. 


07:40. SHaxboz Xolmurzaev akademik eshkak eshishning yakkalik yo'nalishida chiqish qildi va marraga to'rtinchi bo'lib etib keldi. 


07:12. Birozdan so'ng akademik eshkak eshuvchilarimiz final bahslarida o'z chiqishlarini boshlaydilar. 


07:10. Assalomu alaykum. Hamyurtlarimizning bugungi ishtirokidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz.



Bugun quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:


Jiu-jitsu:

-55kg: Doston Ro'ziev
-55kg: Akmal Amirov
-69kg: Homidjon Mo'minov
-69kg: Asadullo Bozorov


Golf:

Jamoaviy bahslar, erkaklar

Kanatbek Kurbanaliev
Sergey CHen
Roman Ten
Evgeniy Li


Og'ir atletika:

-85kg: Sunnatilla O'sarov


Sport gimnastikasi:

bryus, yakka, final

Anton Fokin
Rasuljon Abdurahimov


Penchak Silat:

Munisa Rabbimova

Abdumalik Saidov



Velosport:

SHosse: Murod Xolmurodov


Akademik eshkak eshish:

Yakkalik, final: SHahboz Xolmurzaev

To'rtlik, final: O'ktam Davronov, Farrux Astonov, Abdullo Muhammadiev, SHahboz Abdujabborov.

Sakkizlik, final: Alisher Yarov, Dostonjon Baxriev, Islam Mambetnazarov, Dostonjon Xursanov,  SHohjahon Najmiev, Otamurod Raximov, SHehroz Xakimov, Zafar Usmonov, Anatoliy Krasnov.


Tennis:

Yarim final: Denis Istomin - Praynesh (Hindiston)


Boks:

-57kg: Yodgoroy Mirzaeva - Xuang Xsioven (Xitoy Taypeyi)
-69kg: Bobousmon Baturov - Byanba Erdene (Mo'g'uliston)


Suzish:

50 metr, bras: Vladislav Mustafin (saralash va final)
estafeta 4x100: O'zbekiston

Reyting:    

Fikrlar

+1   
24 avg 17:38:01
JasurBeK
69kgda Boturov yutdi
+1   
24 avg 12:31:15
Botirbek Hakimov
adminlar ham uhlab qoldimi
+1   
24 avg 10:03:03
autocomponent
Iltimos boshlanish vaqtlni ham yazib borilar
   
24 avg 19:53:47
umid samatov
pinchakda abdumalik salimov yarim finalga chiqdi degandi nima boldi
   
24 avg 18:13:40
bahtiyor1972
Bugun atletlardan medal yoqmi attang
   
24 avg 17:22:06
Ихтиёр
Истомин финалга чикди
   
24 avg 16:50:51
Dilshod Uzoqov
Denis bir oyogi b.n finalda. Xozircha 6:2 va ikkinchi setda 1:0 xamyurtimiz foydasiga.
   
24 avg 16:38:22
Dilshod Uzoqov
Adminlar 4 soatdan beri jimsizlar. Nega.
   
24 avg 15:52:51
Paxtakor
Silayam Sport tv ham chichib tawadi
   
24 avg 14:36:22
autocomponent
nega sport tv bizning sportchlarni chiqishini toliq olib bermayapti
   
24 avg 14:26:12
barsuz
Oltin medal olaylik !!!!!!!!!!! Iltimos.!!!!!!!!!!
   
24 avg 14:03:56
Shahzod Xojayli
Bokschi qizimiz Yodgoroy mag'lub boldi
   
24 avg 14:03:10
Shahzod Xojayli
4ta oltin 10-ta kumush 7-ta bronza boldi
   
24 avg 13:21:20
ufcking5
Mahalla tv dan boks beryapti jonli efirmi?yoqmi wunga tuwunmayapman nega jonli efir bisa live deb yozmayapti ADMINLAR UYG'ONINGLAR
   
24 avg 13:08:21
Sokhibjon Rakhimov
Rostanam boks nechida
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing