So’nggi yangiliklar

20:25"Рома" Ла Лига ўтган мавсуми тўпурарларидан бирини сотиб олмоқчи 0 20:02Нуротада гандбол бўйича Ўзбекистон чемпионлари аниқланди 0 19:41Рафаэль Надаль Бостаддаги турнирда иштирок этади 0 19:20Грузиялик Жаҳон чемпиони ўз уйида ўлик ҳолда топилди 0 18:58Шайҳонтоҳурда стол тенниси бўйича "Солиқ қўмитаси раиси кубоги" ўтказилди 0 18:58Алекс Фергюсон: "Роналду ЖЧ-2026да ўйнашини тасаввур қила олмайман" 0 18:37"Шавкат Раҳмонов дивизиондаги энг хавфли йигит" - Иан Гарри 0 18:15Қозоғистон терма жамоаси Париж Олимпиадаси учун таркибини эълон қилди + ФОТО 0 17:53Холлоуэй Топурия ҳақида: "У йигит шунчаки ўзидан тўқиб гапирмоқда" 0 17:30Расман: "Манчестер Юнайтед" Эрик тен Хаг билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Мен ҳеч қачон реваншларда ютқазмаганман. Ютқазмайман ҳам". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 16:51Катта карвон олимп сари йўлга чиқди 0 16:45Қозоғистоннинг Париж Олимпиадасидаги байроқдорлари маълум бўлди 0 16:23UFC чемпиони Жон Жонс кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 16:01"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди 0

20 avg 20:30
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari. O'zbek sportchilari musobaqaning ikkinchi kunida to'rtta medalga sazovor bo'lishdi

Teglar :  Osiyo o'yinlariLIVE
Bugun Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o'yinlarining ikkinchi kungi bahslari yakunlandi.


SHuning bilan bugungi onlayn translyaciyamiz yakuniga etdi. Osiyo o'yinlarining ikkinchi kunida sportchilarimiz 2ta kumush, 2ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Ushuning taulu yo'nalishida Darya Latisheva va taekvondochi Niyoz Po'latov kumush, erkin kurashchimiz Davit Modzmanashvili va taekvondochimiz Nigora Tursunqulova bronza medallarini qo'lga kiritishdi.


21:57. Ushu. Akmal Raximov qirg'izistonlik raqibini mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.


21:21. Erkin kurashchimiz Davit Modzmanashvili hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib BRONZA medalini qo'lga kiritdi.


19:17. Erkin kurash. Dauletbike Yaxshimuratova bronza medali uchun bahsda janubiy koreyalik raqibga 0:6 hisobida mag'lubiyatga uchradi.


18:37. Tennis. Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayziev juftligi livanlik raqiblarni 6:3, 6:1 hisoblarida mag'lub etib, ikkinchi davraga yo'l oldi.


18:11. Taekvondochimiz Niyoz Po'latov finalda janubiy koreyalik raqibga yutqazib qo'ydi va kumush medal sohibiga aylandi!


17:40. -58 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan taekvondochimiz Niyoz Po'latov eronlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.


17:29. Istomin/Do'stov juftligi hindistonlik raqiblarni 7:6, 6:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratishdi.


17:15. Afsuski, -67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigora Tursunqulova yarim finalda janubiy koreyalik raqibga yutqazdi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.


16:48. Taekvondochilarimiz Nigora Tursunqulova yarim finalda Janubiy Koreya, Niyoz Po'latov esa eronlik raqibga qarshi jang o'tkazadi.


16:29. Erkin kurash. 125 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Davit Modzmanashvili eronlik Hadibasmanj Parvizga 8:11 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun jang qiladi.


16:03. Taekvondo. 58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Niyoz Po'latov tailanlik Savekvixari Ramnarongni 23:22 hisobida taslim qilib yarim finalga chiqdi.


15:54. Erkin kurash. 50 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Dauletbike Yaxshimuratova yarim finalda hindistonlik raqibasi Vinesh Vineshga 0:10 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi Dauletbike o'tish bahsida qatnashadi va g'alaba qozonsa bronza medali uchun kurashishi mumkin bo'ladi.


15:49. -67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan taekvondochimiz Nigora Tursunqulova makaolik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.


15:30. Davit Modzmanashvili mo'g'ulistonlik raqib ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.


15:21. Jo'rabek Karimov livanlik raqibini 6:4, 7:5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.


15:07. Birozdan so'ng Davit Modzmanashvili yarim final yo'lanmasi uchun mo'g'ulistonlik raqibga qarshi kurash olib boradi.


14:50. Denis Istomin 57 daqiqa ichida pokistonlik Aqil Xanni 6:3, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi. 


14:42. Erkin kurash. 57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Nabira Esenbaeva hindistonlik Dxanda Pujaga 1:12 hisobida yutqazib qo'ydi. Agar hindistonlik sportchi finalgacha etib bora olsa hamyurtimizda medal uchun imkoniyat paydo bo'ladi. 


14:35. Erkin kurash. 50 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Dauletbike Yaxshimuratova mo'g'ulistonlik raqibasi Erdenesux Narangerelga 4:7 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi, biroq bahs so'nggida Dauletbike raqibasining ikkala kuragini erga tekkizib sof g'alabaga erishdi. Endi Dauletbike yarim finalda hindistonlik Vinesh Vineshga qarshi kurashadi.


13:46. Akademik eshkak eshish. To'rttalik M4x 2000 m (saralash). O'zbekiston terma jamoasi saralashda uchinchi bo'lib marraga etib keldi. Finalga chiqish uchun qo'shimcha musobaqada ishtirok etishlari lozim bo'ladi.


13:45. Sabina SHaripova vetnamlik raqibasini 7:5, 6:3 hisoblarida ustun keldi va ikkinchi davraga yo'l oldi.


13:29. Erkin kurash. 50 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Dauletbike Yaxshimuratova vetnamlik raqibasini 12:2 hisobida mag'lub etib chorak finalga yo'llanma oldi.

13:21. Erkin kurash. 53 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Sevara Eshmuratova yaponiyalik Okuno Xarunaga 0:10 hisobida yutqazib qo'ydi.

13:19. Erkin kurash. 57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Nabira Esenbaeva singapurlik Mutiarani 7:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi.


13:11. Erkin kurash. 125 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Davit Modzmanashvili singapurlik Anugraxani 10:0 hisobida taslim qilib chorak finalga chiqdi.

12:00. Sabina SHaripova vetnamlik tennischiga qarshi uchrashuvni boshladi.


11:49. Nigina Abduraimova qozog'istonlik raqibini 0:6, 6:2, 6:2 hisoblarida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. 


11:41. Niyoz Po'latov taypeylik raqibni mag'lub etib chorak finalga chiqdi.


11:32. Boshqa bir taekvondochilarimiz Nigora Tursunqulova va Niyoz Po'latovlar ilk janglarida g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo'l olishdi.  


11:29. Taekvondichimiz Dinora Mamadibragimova qozg'istonlik sportchiga yutqazib qo'ydi.


11:24. Tennischimiz Nigina Abduraimova qozog'istonlik raqibga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durangni qayd etmoqda. Barchasi uchinchi setda hal bo'ladi.


11:10. Ushu. Darya Latisheva taulu yo'nalishida ikkinchi natijani qayd etdi va delegaciyamiz hisobiga kumush medalni qo'shib qo'ydi.


10:54. Akademik eshkak eshish. Sakkiztalik LM8+ 2000 m (saralash). O'zbekiston terma jamoasi saralashni ajoyib o'tkazdi va 6:13:30 natija bilan birinchi natija qayd etib finalga chiqdi. Final 24 avgust kuni bo'lib o'tadi.


10:50. Akademik eshkak eshish bahslarida SHahboz Xolmurzaev uchinchi natija bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.


10:42. Nigina Abduraimova qozog'istonlik Anna Danilinaga qarshi bahs olib bormoqda. 


10:28. O'q otish bahslarida Vadim Skorovarov saralash bahslarida sakkizinchi natijani qayd etdi va finalga yo'l oldi. Birozdan so'ng u medallar uchun kurashni boshlaydi.


Assalomu alaykum. Bugun Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimizning ishtiroklariga oid LIVE malumotlarni boshlaymiz. Hamyurtlarimiz qayd etayotgan natijalar bilan ushbu sahifa orqali birinchilardan bo'lib tanishib borishingiz mumkin.

Bugun quyidagi sportchilarimiz Osiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar:

Taekvondo WTF
Saralash va final

-67 kg: Nigora Tursunqulova
-58 kg: Niyoz Po'latov
-53 kg: Dinara Mamadibragimova

Erkin kurash
Saralash va final

-125 kg: Davit Modzmanashvili
-50 kg: Daulatbike Yaxshimuratova
-53 kg: Sevara Eshmuratova
-57 kg: Nabira Esanboeva

O'q otish
Saralash va final

-Skoravarov Vadim
-Pardaboeva Zaynab
-Mamedova Sakina

Ushu

Latisheva D (Taulu, final)

Haydarov I (Nimchorak)
Rahimov A (Nimchorak)

Sport gimnastikasi
Saralash
Bras
Individual
Jamoaviy
Fokin A
Azimov A
Abdurahimov R
Abdusamatov X
Hamroqulov A

Akademik eshkak eshish
Sakkiztalik LM8+ 2000 m (saralash) - 11:00-14:00

Yarov A
Bahriev D
Mambetnazarov I
Xursanov D
Najmiev SH
Rahimov O
Hakimov SH
Usmonov Z
Krasnov A

To'rttalik M4x 2000 m (saralash) - 11:00-14:00
Davronov U
Astanov F
Muhammedov A
Abdujabborov SH

Tennis
Yakkalik, 2-bosqich

Denis Istomin
Sanjar Fayziev
Sabina SHaripova
Nigina Abduraimova

Juftlik, erkaklar, 1-bosqich
Denis Istomin/Farrux Do'stov
Sanjar Fayziev/Jo'rabek Karimov

Juftlik, ayollar, 1-bosqich
Iroda To'laganova/Sabina SHaripova
Nigina Abduraimova/Oqgul Omonmurodova

Reyting:    

Fikrlar

   
20 avg 18:38:02
ufcking5
Aniq vaqtlarni yozinglar iltimos adminlar bugun kech boldi ertadan bowlab
   
20 avg 15:35:27
Jasur Saidmusayev
Nigoradan oltin kutgandik afsus
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing