So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

02 okt 12:05
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo o'yinlari. Terma jamoamiz 14-o'ringa pastladi

Bugun Vetnamning Da Nang shahrida sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlari o'z yakuniga etadi.

O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilayotgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi o'z ishtirokini yakunladi. So'nggi kun oldidan terma jamoamiz hisobida 3ta oltin, bitta kumush va bitta bronza medali bor. Bu natijasi evaziga terma jamoamiz umumjamoa hisobida 9-pog'onadan 14-o'ringa pastladi.

Osiyo o'yinlarida terma jamoamizga oltin medallarni sambo bahslarida Ikromjon Yo'ldoshev, kurash musbaqasida Mirjon To'xtaev va Suhrob Xudoyberdievlar keltirishdi.

Yana bir kurashchimiz Muhammadali SHamsiddinov esa kumush medal bilan taqdirlandi. Ayollar o'rtasidagi sambo bahslarida ishtirok etgan Malikabonu Mirzaeva esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.

44ta oltin, 38ta kumush, 42ta bronza, jami 124ta medal jamg'argan Vetnam terma jamoasi hamon katta farq bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindan joy olgan Tailand terma jamoasi hisobida 35ta oltin, 24ta kumush, 29ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka 12ta oltin, 16ta kumush, 19ta bronza medalini jamg'argan Xitoy terma jamoasi yakun yasagan.

Kuchli o'ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo'g'uliston, Kambodja, Malayziya va Indoneziya terma jamoalari o'rin olishgan. Jami 26ta mamlakat terma jamoalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. O'ttiz beshta terma jamoa esa kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritgan. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing