03 okt 10:20
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari. Terma jamoamiz 5ta medal bilan 15-o'rinni egalladi
O'z tarixida beshinchi bor o'tkazilgan qita o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi ham ishtirok etdi. Yakunda terma jamoamiz 3ta oltin, bitta kumush va bitta bronza medali bilan 15-o'rinni egalladi.
Osiyo o'yinlarida terma jamoamizga oltin medallarni sambo bahslarida Ikromjon Yo'ldoshev, kurash musbaqasida Mirjon To'xtaev va Suhrob Xudoyberdievlar keltirishdi.
Yana bir kurashchimiz Muhammadali SHamsiddinov esa kumush medal bilan taqdirlandi. Ayollar o'rtasidagi sambo bahslarida ishtirok etgan Malikabonu Mirzaeva esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
52ta oltin, 44ta kumush, 43ta bronza, jami 139ta medal jamg'argan Vetnam terma jamoasi umumjamoa hisobida katta farq bilan birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rindan joy olgan Tailand terma jamoasi Osiyo o'yinlarida 36ta oltin, 24ta kumush, 30ta bronza, jami 90ta medalni qo'lga kiritdi.
Kuchli uchlikka 12ta oltin, 18ta kumush, 19ta bronza medalini jamg'argan Xitoy terma jamoasi yakun yasadi. Kuchli o'ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo'g'uliston, Kambodja, Qatar va Malayziya terma jamoalari o'rin olishdi.
Fikrlar