29 avg 21:30
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarida 11-kun yakunlari: Rekord, uchta oltin, qo'lga kiritilgan 7ta medal!
O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid tezkor malumotlarni quyidagi sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
Kun yakunlariga ko'ra sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
Svetlana Radzivil (engil atletika)
Diyorbek O'rozboev (dzyudo)
Dildor SHermetova (kurash)
Kumush:
Ruslan Qurbonov (engil atletika)
Nadiya Dusanova (engil atletika)
Bronza:
Muxlisa Abdumalikova (kurash)
Sarvar SHomurodov (kurash).
20:10. SHu tariqa, bugungi matnli translyaciyamiz nihoyasiga etdi.
20:05. Engil atletika. Balandlikka sakrash bahslarida o'zbek sportchilarida oltin va kumush medal!!! Svetlana Radzivil 1,96m natija bilan Osiyo o'yinlari rekordini yangiladi va oltin medalga ega chiqdi. Nadiya Dusanova esa 1,94m balandlikni zabt etib, kumush medalga sazovor bo'ldi!
19:55. Svetlana Radzivil o'zi tomonidan o'rnatilgan Osiyo o'yinlari rekordini o'rnatdi! Yangi rekord 1,96m! Oltin medal uchun kurash davom etmoqda!
19:25. Nadiya Dusanova va Svetlana Radzivillarning har ikkisi ham medal olishi aniq! Kimga oltin, kimga kumush medal? Yaqin vaqt ichida bilib olamiz.
18:48. Balandlikka sakrash bahslarida Nadiya Dusanova va Svetlana Radzivil o'z ishtirokini boshladi.
17:57. Engil atletika. Ruslan Kurbanov uchxatlab sakrash mashqlarida 16,62 natija ko'rsatdi va KUMUSH medalni qo'lga kiritdi.
17:24. Boks. Isroil Madrimov chorak finalda eronlik Sayidshahin Musaviga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi. Endi u yarim fnalda filippinlik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi.
16:50. Engil atletika. Nigina SHaripova 200 metrga yugurish bo'yicha final bahsida marraga to'rtinchi bo'lib etib bordi.
16:33. Bokschimiz Miraziz Mirzahalilov mo'g'listonlik charm qo'lqop ustasini mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.
16:28. Kurash. Dildor SHermetova mo'g'ulistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va O'zbekiston terma jamoasi hisobiga 11-oltin medalni qo'shib qo'ydi
16:08. Kurash. Sarvar Otamurodov yarim finalda eronlik sportchiga yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.
15:55. SHahram Ahadov bronza uchun jangda qirg'izistonlik Artur Tega yutqazib qo'ydi.
15:48. Kurashchimiz Dildor SHermetova finalga chiqdi. U hal qiluvchi jangda mo'g'ulistonlik sportchiga qarshi kurashadi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Muxlisa Abdumalikova esa bronza medali bilan kifoyalandi.
15:21. Afsuski, dzyudochimiz Gulnoza Ziyaeva bronza medali uchun bahsda SHimoliy Koreya sportchisi Song Sim Rimga yutqazib qo'ydi va sovrindorlar qatoridan joy ola bilmadi.
15:10. Sarvar SHomurodov ham chorak finalda tojikistonlik raqibini mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
15:01. Qizlar o'rtasidagi kurash bahslarida -63kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz yarim finalga yo'l oldi. Gulnor SHermetova finalga chiqish uchun indoneziyalik sportchiga qarshi jang qiladi. Muxlisa Abdumalikova esa mo'g'ulistonlik sportchiga qarshi kurashadi.
14:49. Dzyudo. Diyorbek O'rozboev finalda yaponiyalik Toru SHishimega qarshi jang qildi va raqibini mag'lub etdi. Oltin medal! Bu o'ninchi oltin medal bo'ldi!
14:18. Kurashchilarimizning uch nafari chorak finalga yo'l oldi. Birozdan so'ng Muxlisa Abdumalikova, Dildor SHermatova, Sarvar SHomurodov yarim final yo'llanmasi uchun gilamga chiqadi. Muso Sobirov esa chorak finalda eronlik sportchiga yutqazdi.
12:27. Iqboljon Xoldorov chorak finalda janubiy koreyalik koreyalik bokschiga qarshi jang qildi va yarim finalga chiqdi.
12:03. Kurashchilarimiz ishtirokidagi bahslar boshlandi. Muxlisa Abdumalikova Afg'oniston terma jamoasi vakilini mag'lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi.
11:25. Boks. Bugun yana uch nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi. Iqboljon Xoldorov Toshkent vaqti bilan 12:30da jang o'tkazsa, Miraziz Mirzahalilov 16:15da o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Isroil Madrimov esa 17:15da yarim final chiptasi uchun bahs olib boradi. (bu albatta taxminiy vaqtlar. Undan avvalgi janglarda nokautlar qayd etiladigan bo'lsa, boshlanish vaqtlari biroz oldinga surilishi mumkin).
11:11. Bokschimiz Hasanboy Do'smatov chorak finalda Qirg'iziston terma jamoasi azosi Mirlan Turkbai Uuluga qarshi jang o'tkazdi va g'alaba qozondi.
10:48. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00dan so'ng sportchilarimiz sovrinli o'rinlar uchun tatamiga chiqadilar.
Final: -60kg: Diyorbek O'rozboev - Toru SHishime (Yaponiya)
Bronza medali uchun: -66kg: SHahram Ahadov - Artur Te (Qirg'iziston)
Bronza medali uchun: -52kg: Gulnoza Ziyaeva - Song Sim Rim
10:22. Afsuski, SHahram Ahadov yarim finalda jaubiy koreyalik sportchiga yutqazdi. Endi u bronza medali uchun jang qiladi.
10:11. Diyorbek O'rozboev Janubiy Koreya terma jamoasi azosini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!
09:48. -52kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Gulnoza Ziyaeva bronza medaliga o'tish jangida turkmanistonlik raqibga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo, raqib jarohati sabab hamyurtimiz to'g'ridan-to'g'ri bronza medali uchun gilamga chiqish imkoniga ega bo'ldi.
09:39. Dzyudo. Gulnoza Ziyaeva chorak finalda janubiy koreyalik Dasol Parkka yutqazib qo'ydi.
09:34. Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova bronza medali uchun o'tish jangida shimoliy koreyalik sportchiga mag'lub bo'ldi.
09:15. Dzyudochimiz SHahram Ahadov SHimoliy Koreya terma jamoasi vakilini mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi.
09:06. Baydarka va kanoeda eshkak eshishning juftlik bahslarida 1000metrga o'tkazilgan sprintda ishtirok etgan SHahriyor Mahkamov va SHohrux Azamov finalga yo'l oldi.
09:00. O'rozboev finalga chiqish uchun Janubiy Koreya terma jamoasi azosiga qarshi jang qiladi.
08:56. Diyorbek O'rozboev Xitoy Taypeyi vakilini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi.
08:42. Gulnoza Ziyaeva esa hindistonlik dzyudochidan ustun keldi.
08:34. SHahram Ahadov tojikistonlik sportchini mag'lub etdi.
08:11. Afsuski dzyudochimiz Diyora Keldiyorova yaponiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
08:02. Ekaterina Voronina ko'pkurashda o'z ishtirokini davom ettirmoqda. Hamyurtimiz beshta (100m yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200m yugurish, uzoqlikka sakrash) mashqdan so'ng oltinchi o'rinni egallab turibdi. Oldinda yana nayza uloqtirish va 800metrga yugurish bahslari bor.
07:51. Diyorbek O'rozboev ham musobaqani g'alaba bilan boshladi. Hamyurtimiz ilk jangida hindistonlik sportchini ippon bahosi evaziga mag'lub etdi.
07:22. Eshkak eshish. Baydarkada eshkak eshish bo'yicha to'rtlik bahslarida qatnashgan sportchilarimiz marraga uchinchi bo'lib etib borishdi va to'g'ridan-to'g'ri finalda qatnashish huquqiga ega bo'lishdi. Final ertaga o'tkaziladi.
07:20. Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova birinchi jangida laoslik raqibasidan ustun keldi va chorak finalga yo'l oldi.
07:02. Assalomu alaykum. Osiyo o'yinlarining o'n birinchi kunidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
Unda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro'yxati bilan tanishing:
Sinxron suzish:
(Jamoaviy, saralash va final)
A.Morozova
A.Eltisheva
M.To'lqinova
D.Onkes
D.SHomirzaeva
X.Toshxo'jaeva
A.Ro'zmetova
X.Hakimova
N.SHomaqsudova
N.To'lqinova
Engil atletika:
Nigina SHaripova (200m yugurish, final)
Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash)
Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash)
Ruslan Kurbanov (uchxatlab sakrash)
Ekaterina Voronina (ko'pkurash: uzoqlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800m yugurish)
Dzyudo:
-60kg: Diyorbek O'rozboev
-66kg: SHahram Ahadov
-48kg: Diyora Keldiyorova
-52kg: Gulnoza Ziyaeva
Kurash:
-63kg: Muxlisa Abdumalikova
-63kg: Dildor SHermetova
-81kg: Muso Sobirov
-81kg: Sarvar SHomurodov
Boks:
-49kg: Hasanboy Do'smatov
-56kg: Miraziz Mirzahalilov
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-75kg: Isroil Madrimov
Velosport, trek:
Rinata Baymetova (omnium, saralash)
Andrey Izmaylov (4000m)
Baydarka va kanoeda eshkak eshish:
SHohruh Azamov, SHahriyor Mahkamov, (juftlik, 1000m, saralash)
Aleksandr Tropin, Javohir Nurmatov, Vilyam Ibragimov, Aleksey Mochalov (to'rttalik, 500m, saralash)
Fikrlar
08:00-09:00, 12:00-13:00
А.Морозова
А.Елтишева
М.Тўлқинова
Д.Онкес
Д.Шомирзаева
Х.Тошхўжаева
А.Рўзметова
Х.Ҳакимова
Н.Шомақсудова
Н.Тўлқинова
Енгил атлетика:
Нигина Шарипова (200м югуриш, финал) - 16:50
Светлана Радзивил (баландликка сакраш) - 16:55
Надия Дусанова (баландликка сакраш) - 16:55
Руслан Курбанов (учхатлаб сакраш) - 18:15
Екатерина Воронина (кўпкураш: узоқликка сакраш, найза улоқтириш, 800м югуриш) - 7:00, 8:30, 18:40
Дзюдо:
07:00-10:00, 14:00-16:00
-60кг: Диёрбек Ўрозбоев
-66кг: Шаҳрам Аҳадов
-48кг: Диёра Келдиёрова
-52кг: Гулноза Зияева
Кураш:
12:00-16:00
-63кг: Мухлиса Абдумаликова
-63кг: Дилдор Шерметова
-81кг: Мусо Собиров
-81кг: Сарвар Шомуродов
Бокс:
-49кг: Ҳасанбой Дўсматов - 11:00
-56кг: Миразиз Мирзаҳалилов - 16:15
-64кг: Иқболжон Холдоров - 12:30
-75кг: Исроил Мадримов - 17:15
Велоспорт, трек:
09:00-10:00
11:00-11:30
13:00-13:30
Рината Байметова (омниум, саралаш)
Андрей Измайлов (4000км)
Байдарка ва каноэда эшкак эшиш:
Шоҳруҳ Аъзамов, Шаҳриёр Маҳкамов, (жуфтлик, 1000м, саралаш) - 07:00
Александр Тропин, Жавоҳир Нурматов, Вильям Ибрагимов, Алексей Мочалов (тўртталик, 500м, саралаш) - 07:00-15:00
Вадим Меньков (яккалик Каное С1 1000 м (саралаш) - 07:00-15:00
Тўхтасин ўғли Н, Мирбеков С (иккиталик Байдарка Каное С1 1000 м (саралаш) - 07:00-15:00
Шубина Е (яккалик Байдарка К1 500 м (саралаш) - 07:00-15:00
Рахматова Д, Зокирова Н (иккиталик Каное С2 500 м (саралаш) - 07:00-15:00