So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

03 mar 12:46
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarida endi Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi o'z ishini davom ettirmoqda.

Ushbu tadbir davomida mutasaddilar qator masalalarni ko'rib chiqishmoqda.

Jumladan, 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi Osiyo o'yinlarida Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadigan bo'ldi. Bosh Assambleya ishtirokchilari Okeaniya mamlakatlarini ham qitamiz sport bayrog'i ostida birlashtirish uchun ushbu qarorni maqullashdi.


Bunday jarayon 2017 yili Turkmaniston poytaxtida o'tkazilgan yopiq inshootlardagi va jangovor sport turlari bo'yicha o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida sinovdan o'tkazilgan. O'sha musobaqada Okeaniya mamlakatlaridan Fiji 1 tadan oltin va kumush medallarini jamg'arib, ushbu mintaqa vakillari orasida etakchi bo'lgandi.

“Okeaniya va Osiyo ko'plab jihatlarda bir-biriga juda yaqin. Ana endi sport bo'yicha birlashmoqdamiz. Bu yangilikni elon qilishdan boshimiz ko'kka etdi”, – deydi Okeaniya Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Robin Mitchel.


SHu tariqa 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi Osiyo o'yinlarida qitadoshlarimiz qatorida Okeaniya mamlakatlaridan tashrif buyuradigan atletlar ham medallar uchun bahs olib borishadi. Biroq Okeaniya mamlakatlari qaysi sport turlarida va qancha sportchi bilan ishtirok etishi borasida yakuniy qaror qabul qilinmadi. SHuningdek, anjuman davomida boks va akademik eshkak eshish sport turlari bo'yicha Olimpiya yo'llanmalarini beradigan musobaqalarni ikki mintaqa sportchilari uchun birga o'tkazish masalasi ham ko'rib chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing