18 iyu 08:00
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan bokschilarimiz tarkibi malum!
18 avgust kuni Indoneziyada Osiyo o'yinlari boshlanadi.
Jakartada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida qaysi bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi aniq bo'ldi. Avval xabar berib o'tganimizdek, Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov ushbu musobaqada ishtirok etmaydi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo o'yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-49kg: Hasanboy Do'smatov
-52kg: Jasurbek Latipov
-56kg: Miraziz Mirzahalilov
-60kg: SHunqor Abdurasulov
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-69kg: Mahmud G'oipov
-75kg: Isroil Madrimov
Eslatib o'tamiz, bu yilgi o'yinlar uchun vaznlar qisqartirilgan. -81kg, -91kg va +91 kg vazn toifalarida janglar o'tkazilmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Latipovda tajriba bor lekin uni o'rniga yoshroq bokschi olish kerak edi.