23 sen 12:40
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarida oltin medal qo'lga kiritgan andijonlik sportchilarga 30 million so'mdan mukofot puli berildi
Osiyo o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan – og'ir atletikachi Ruslan Nuriddinov, bokschilar Iqboljon Xoldorov, Jasurbek Latipov 30 million so'mdan, kumush medal sovrindorlari – bokschi Hasanboy Do'smatov, og'ir atletikachi Omadoy Otaqo'zieva 20 million so'mdan va bronza medal sovrindori – kurashchi Oysuluv Abdumajidova 15 million so'm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
– Men Osiyo sport o'yinlari tarixida mamlakatimiz og'ir atletikachi ayollari orasida birinchi bo'lib medalga sazovor bo'lganimdan behad xursandman, – deydi Osiyo o'yinlari kumush medali sovrindori Omadoy Otaqo'zieva. – Qo'lga kiritgan yutuqlarimiz qadrlanib, bizga ko'rsatilayotgan etibor va ehtiromdan boshim ko'kka etdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonov so'zga chiqdi.
Fikrlar