So’nggi yangiliklar

15:50"Челси" Энцо Фернандеснинг эҳтимолий трансферига захира вариантларни топиб қўйди 0 15:22Мераб Двалишвили: "Мен барча доғистонликларни ҳурмат қиламан, фақат бир кишидан ташқари" 0 15:14Расман! Фурқатбек Ёқубов Mangu Лигасининг илк чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:55"Тайёрман!". Ҳасанбой Дўсматов Бибоссиновга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 14:28Бобур Қурбонов Prime FL камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0

29 iyu 18:20
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlariga 50 kun qoldi: Qiziqarli faktlar

Teglar :  Osiyo o'yinlari
18 avgust - 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Musobaqa start olishiga roppa rosa 50 kun qolganida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi qitaning ushbu nufuzli musobaqaga oid qiziqarli faktlarni taqdim etadi.

O'yinlar poytaxt Jakarta va u erdan 1000 km uzoqlikda joylashgan Palembang shaharlarida bo'lib o'tadi. Tantanali ochilish marosimi Jakartadagi "Gelora Bung Karno" stadionida o'tkaziladi. Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi (INASGOC) rahbari Erik Toxir musobaqa davomida sportchilarga barcha sharoitlar yaratib berilishini malum qildi.

"Biz nafaqat Indoneziya aholisini, balki butun Osiyoni qamrab olmoqchimiz. Ular uchun qulay sharoitlar yaratish, chiptalar olish borasida engilliklar berish ham shular jumlasidandir. Sportchilar ushbu musobaqaning eng asosiy mehmonlaridir. Ulardagi sharoit - transport, xavfsizlik, ovqatlanish eng yaxshi bo'lishi lozim. Tashkiliy qo'mita o'z oldiga birinchi navbatda ushbu vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo'ygan", - dedi Erik Toxir.

Malum bo'lishicha, tashkiliy qo'mita chipta sotish bo'yicha KiosTix xalqaro agentlik bilan hamkorlik qilmoqda. O'yinlar uchun 1,3 million chipta sotilishi rejalashtirilgan. Eng arzon chipta narxi 30 000 rupiy (2 AQSH dollari), o'rtachasi 100 000 rupiy (7 AQSH dollari) etib belgilangan. Ushbu narx orqali tashkilotchilar iloji boricha ko'proq tomoshabinlarni qamrab olmoqchilar. CHiptalarni supermarket, do'kon, banklarda va KiosTix tizimi orqali onlayn tartibda xarid qilish mumkin bo'ladi. CHiptalar sotuvi 30 iyun kuni boshlanadi.

Xavfsizlik masalasida muammolar bo'lmaydi. INASGOC bu borada 2016 yildan buyon mamlakat qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Osiyo o'yinlari davomida 36 000 nafarga yaqin xavfsizlik xizmati xodimlari ish olib boradilar.

Bugun, 29 iyun kuni o'yinlarning medallar jamlanmasi namoyish etildi. Jakartada sportning 40 turidan 67 yo'nalishda, 463 musobaqa tashkil qilinadi. Osiyo o'yinlari davomida 4 066 medal o'z egasini topadi.

O'zbekiston ushbu sport bayramida katta delegaciya bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Mamlakatimiz musobaqada o'zining eng kuchli sportchilari bilan qatnashadi. Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni haqidagi malumotlarni Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy saytida kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

Bugungi kun holatiga ko'ra, O'zbekiston sport delegaciyasi Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan 29ta sport turida ishtirok etishni rejalashtirilmoqda. Bellashuvlarda 260dan ortiq sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. SHuningdek, 100dan ortiq rasmiy shaxslar (murabbiy, shifokor, menejer, OAV xodimlari) ham musobaqada faoliyat olib borishadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
30 iyu 00:22:27
Ismoilv Ilhomjon
Шу осие" уйинларини олиб беролмаса нема кераги бундай спорт канални худо хохласа тошмаша киламиз УЗБЕКИСТОН 1ди олиб келади айникса бокисчилардан умидимиз катта хаммага омад олга Узбегим.
   
29 iyu 23:38:03
Muhar
Ish qilib kanalla translyatsiyasini sotib osin. Oxirgi martta 2010 yilda ko‘rsatgan sport tv osiyo o‘yinlarini...(
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing