So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

22 avg 19:57
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining 4-kuni 4ta medal qo'lga kiritdik, ikkitasi oltin!

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilayotgan 18-Osiyo o'yinlarining to'rtinchi kungi bahslari o'z yakuniga etib bormoqda.

Bugun ham etiboringizga o'zbekistonlik sportchilarning qita o'yinlaridagi ishtirokini onlayn tarzda havola etib bordik. Sportchilarimiz bugun jami 4ta medalni qo'lga kiritishdi. Buning natijasida umumjamoa hisobida 9-o'ringa ko'tarilib oldik. 

Eslatib o'tamiz, yunon-rum kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev, taekvondo ustamiz Nikita Rafalovich oltin, yana bir yunon-rum kurashi vakili Rustam Assakalov hamda og'ir atletikachi Doston Yoqubov kumush medalga sazovor bo'ldi.

Suratlar muallifi - Anvar Ilyasov

18:55. Eng og'ir vaznli yunon-rum kurashchimiz finalda qozog'istonlik Nurmakan Tinalievga qarshi gilamga chiqdi va 8:0 hisobida g'alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi!


18:27. Yunon-rum kurashi. Jahongir Turdiev bronza medali uchun jangida qirg'izistonlik Uzur Jusupbekovga qarshi hech qanday harakatni amalga oshirmay 0:2 hisobida yutqazdi va medalsiz qoldi.

17:55. Yunon-rum kurashi. Rustam Assakalov O'zbekistonga navbatdagi kumushni taqdim etdi. U finalda eronlik kurashchiga yutqazib qo'ydi

17:26. Suzish. 100metrga brass usulida finalda ishtirok etgan Vladislav Mustafin oltinchi, huddi shu yo'nalishning ayollar o'rtasidagi bahslarida finalda ishtirok etgan Yulduz Qo'chqarova sakkizinchi o'rinni egalladi.


17:08. Birozdan so'ng yunon-rum kurashi bahslarida sportchilarimiz medallar uchun gilamga chiqadilar:

-87kg: Rustam Assakalov - Nuri Hussayn (Eron) (oltin)

-97kg: Jahongir Turdiev - Uzur Jusupbekov (Qirg'iziston) (bronza)

-130kg: Mo'minjon Abdullaev - Nurmakan Tinaliev (Qozog'iston) (oltin)


16:42. Og'ir atletikachimiz Doston Yoqubovdan kumush medal! U dast ko'tarishda 145, siltab ko'tarishda esa 186 kg toshni ko'tarib 331 natija bilan ikkinchi bo'ldi. Oltin medal shimoliy koreyalik O Kang CHolga nasib etdi (336 kg).


15:25. Taekvondochimiz Nikita Rafalovich OLTIN MEDAL SOHIBI! U finalda Janubiy Koreya sportchisini 21:18 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi! 


14:52. Sport gimnastikasi bo'yicha final bahsida ishtirok etgan yigitlarimiz finalda sakkiz jamoa ichida 229 ball to'plab, ettinchi o'rindan joy olishdi.


14:45. Nikita Rafalovich yarim finalda iordaniyalik Solih Elsharabatini 4:2 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.


14:24. 50 metrga o'q otishda saralashda hamyurtlarimiz Elena Kuznecova 20, Sakina Mamedova 22-o'rinni egallashdi. Saralashda 33 nafar sportchi qatnashdi.

14:19. Velosport, (shosse) guruh poygalarida 104km masofada Rinata Baymetova 21 sportchi orasida marraga 12-bo'lib etib keldi.

14:11.Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Jahongir Turdiev o'tish bahsida hindistonlik Xardip Xardipni 6:1 hisobida mag'lub etib bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

13:50. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Bilan Nalgiev bronza medalida ishtirok etish uchun o'tish bahsida koreyalik Kim Xyong Vuga yutqazib qo'ydi.

13:20. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Mo'minjon Abdullaev yarim finalda eronlik Benxam Mahdizodani taslim qilib finalga chiqdi.

12:55. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Rustam Assakalov yarim finalda hindistonlik Sinx Xarpritni 10:0 hisobida taslim qilib finalga chiqdi.

12:49. Denis Istomin Xitoy terma jamoasi azosi Jang Jijenni 6:4, 6:3 hisoblarida mag'lub etdi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

12:46. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Mo'minjon Abdullaev chorak finalda tojikistonlik Suhroj Azizovni 9:0 hisobida taslim qilib yarim finalga chiqdi.

12:31. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Rustam Assakalov chorak finalda qirg'izistonlik Samat SHirdakovni 9:0 hisobida taslim qilib yarim finalga chiqdi.

12:09. Denis Istomin xitoylik raqibga qarshi bahsning birinchi setini o'z foydasiga hal qildi - 6:4!

12:05. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Bilan Nalgiev chorak finalda qirg'izistonlik Akzol Mahmudovga 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.

11:56. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Jahongir Turdiev nimchorak finalda xitoylik Di Ksiaoga 0:4 hisobida yutqazib qo'ydi.

11:35. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Mo'minjon Abdullaev nimchorak finalda koreyalik Kim Min Sokni 7:0 hisobida taslim qilib chorak finalga chiqdi.

11:22. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Rustam Assakalov nimchorak finalda qozog'istonlik Azamat Kustubaevni 2:1 hisobida taslim qilib chorak finalga chiqdi.

11:20. Yunon-rum kurashida hamyurtimiz Bilan Nalgiev nimchorak finalda indoneziyalik Sulaeman Andikani 9:0 hisobida taslim qilib chorak finalga chiqdi.

11:07. Tennischimiz Denis Istomin navbatdagi o'yinini boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.


11:02. Sardor Toirov afsuski eronlik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


10:49. Nikita Rafalovich afg'onistonlik sportchini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi. 


10:40. Qilichbozlarimiz afsuski 45:38 hisobida Yaponiya terma jamoasiga yutqazib qo'yishdi.


10:16. Jo'rabek Karimov kuchli raqibini 3:6, 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'llanma oldi.


10:12. Taekvondochimiz Sardor Toirov nimchorak final uchrashuvida SHri-Lanka vakili 23 yoshli CHalinda Lianejni 22:6 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi. Endi u yarim final yo'llanmasi uchun eronlik Mirxoshim Xussaayniga qarshi dayanga chiqadi.

10:09. Jo'rabek hisobni yiriklashtirdi. 


10:02. Karimov endi 4:2 hisobida oldinga chiqib oldi va endi o'zini geymini yutqazib qo'ymasa keyingi bosqichga yo'l oladi.

09:58. Jo'rabek Karimov uchinchi setda 3:2 hisobida oldinda bormoqda. 


09:43. Hozirgina akademik eshkak eshish bo'yicha to'rt kishilik qayiqda o'tkazilgan yarim final saralash bosqichi yakunlandi. O'ktamjon Davronov, Farrux Astanov, Abdullo Muhammadiev va SHahboz Abdujabborovdan iborat terma jamoamiz 2000 metr masofani ikkinchi o'rinda bosib o'tishdi. 

Sportchilarimiz belgilangan masofani bosib o'tish uchun 6 daqiqa 29.01 soniya vaqt sarflashdi. Indoneziya terma jamoasi 6:25.95 vaqt natijasi bilan saralashni birinchi o'rinda yakunlashdi.

09:29. Jo'rabek ikki setni 6:4 hisobida o'z foydasiga hal qildi va bu bilan muvozanatni tikladi - 1:1. Hal qiluvchi uchinchi setni tomosha qilamiz.

09:22. Jo'rabek Karimov hindistonlik raqibi ustidan 5:4 hisobida ustun kelmoqda. Ayni soniyalarda Ramanatan o'z geymini yutib olishga harakat qilyapti.

09:19. Indoneziya terma jamoasini 45:35 hisobida mag'lub etgan qilichbozlarimizning chorak finaldagi raqibi malum bo'ldi. Yarim final chiptasi uchun kurash O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o'rtasida kechadi. 

09:14. Jo'rabek Karimov ikkinchi setning oltinchi geymidan so'ng hisob 3:3 ko'rinishda bo'lib turibdi.

08:52. Taekvondochimiz Sardor Toirov ilk davra uchrashuvida kambodjalik CHxun Soklongni 25:5 hisobida mag'lub etdi va nimchorak finalga yo'l oldi. 

08:49. Jo'rabek Karimov birinchi setni 3:6 hisobida boy berib qo'ydi. 

08:38. Qilichbozlarimiz Indoneziya terma jamoasini 45:35 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l olishdi. 


08:24. Akademik eshkak eshish. SHahboz Xolmurzaev 7:50.21 natija bilan saralashda eng yaxshi natija ko'rsatdi va finalga yo'l oldi.

 

08:15. Tennischimiz Jo'rabek Karimov hindistonlik Ramantan Ramkumarga qarshi o'yinni boshladi.

 

08:09. Qilichbozlarimiz jamoaviy bahslarda mezbonlarga qarshi kurash olib borishmoqda.

 

08:01. Suzish. Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suzish bo'yicha o'z guruhida ikkinchi natijani qayd etdi va finalga yo'l oldi. 100 metrga batterflyay usulida suzgan Artyom Kozlyuk o'z guruhida to'rtinchi natijani qayd etdi va keyingi bosqichga o'ta olmadi.

 

Unda bahslarga kirishadigan sportchilarimiz ro'yxatini etiboringizga taqdim etamiz:

Suzish:

Artyom Kozlyuk (100m, batterflay, saralash va final)

Vladislav Mustafin (100m, bras, saralash va final)

Yulduz Qo'chqarova (100m, bras, saralash va final)

Estafeta 4x100m

Qilichbozlik

(SHpaga, jamoaviy, saralash va final):

Roman Aleksandrov
Javohirbek Nurmatov
Fayzulla Alimov
Oleg Sokolov

Taekvondo:

-63kg: Sardor Toirov (saralash va final)
-80kg: Nikita Rafalovich (saralash va final)

Yunon-rum kurashi:

(saralash va final)

-87kg: Rustam Assakalov
-130kg: Mo'min Abdullaev
-97kg: Jahongir Turdiev
-77kg: Bislan Nalgiev

Og'ir atletika:

-69kg: Doston Yoqubov

Sport gimnastikasi:

(Bras, jamoaviy, final)

Anton Fokin
Abdulla Azimiov
Rasuljon Abdurahimov
Husniddin Abdusamatov
Akobir Hamroqulov


Velosport, shosse:

Velosport, guruh poygalari, 104km:

Rinata Baymetova

Slalomda eshkak eshish:

Alibek Temirgaliev (yarim final, final)
Abubakir Bukanov (yarim final, final)

Akademik eshkak eshish:

SHaxboz Xolmurzaev (yakkalik, yarim final)

Sardor To'lqinxo'jaev, Alisher Turdiev (juftlik, yarim final)

To'rtlik:

O'ktamjon Davronov
Farrux Astanov
Abdullo Muhammadiev
SHahboz Abdujabborov

O'q otish:

(50m, saralash va final)

Sakina Mamedova
Elena Kuznecova

Tennis:

Denis Istomin
Jo'rabek Karimov

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
22 avg 18:08:31
Paxtakor
Assakalov deganlari chichib tawadiyu
Kimga VA nimaga kere bunaqa kuraw tuwiw
   
22 avg 20:23:45
Sardor Xolmuxammedov
Hozircha 9-orindamiz hozircaaa !!! Bugun yaxshi kun boldi endi yana 1ta oltin blan 7ga kotariliwimiz mumkin . Hali asosiy musobaqala oldindaligini hisobga ose bemalol 4-oringa harakat qsa boladi iloji boricha
   
22 avg 19:49:25
М Мм
Медаллар хисоби жадвалини курсатворинглар.
   
22 avg 19:32:33
ZOHIDJON ABDURASULOV
Uyale minus bosgancha haqiqatti yozgandim uyaldingmi minus bosibsan
   
22 avg 18:19:44
Dilshod Atxamov
хонакилаштирилган. борецларимизи биротаси олтинга илинмади. нимага хонакилашган була бурдокигами? жайдарида яхши результат бервотти.
   
22 avg 15:44:34
Aslan
Ха ишкилиб Муминжон Абдуллаев билан Рустам Ассакаловлар олтин олишсин. Юнон рум курашидан куп курашчиларимиз сусткашликка йул куйишди.
   
22 avg 15:16:01
Ahmadjon Hashimov
Jahongir Turdiyev ham bronzaga tusharkan 97kgda
   
22 avg 15:15:44
Muhar
A endi Salimboy dganlari "saxiylik" qlaman dsa kim yo‘q diyolidi
   
22 avg 15:11:06
Shuhrat Rozumbetov
juda yaxshi bugun 3ta final koradigan boldik
   
22 avg 14:52:38
Chitto Gritto
Mominjon Abdullaev Bekzod Abduraxmonovga oxshagan xaqiqiy ozbek yigitlarini olib borish kerak edi.Kozlari yonib turibdi bularri.Boldi legionerlarri xammasini ketqazib ozimizzi yoshlarga imkon beriylik.Mayli bitta ikkita musobaqada yutqazishsayam keyingilariga tayyor boladi.Oshandayam yutqazishsa alam qimiydi oxirigacha kurashadi vatani shani uchun.Monzmonashvilini kordik nomiga yuribdi gilamda.
   
22 avg 14:50:35
я узбек
Yunon rim kurashida finallar qacon boshlanadi soat malummi
   
22 avg 14:44:52
Chitto Gritto
Legioner kurashchilar umuman kerak emas bir tiyinga qimmat.Bilan,Mondzmonashvili xammasini yuqotish kerak.Qirgizistonlik yunon rum kurashchisiga yutqazib otirgandan keyin nima kerak bunaqa tekin tomoqlar.Korinib turibdi vatanparvarlik yetishmayapti ularga.undan kora ozimizzi bolalar yaxshi.mana Bekzod Abduraxmonov Jaxongir
   
22 avg 13:46:15
Farrux Dilmurodovich
Hudo Hohlasa Bugun kamida 2 ta oltin olamiza
   
22 avg 12:54:17
Shahzod Xojayli
Omad
   
22 avg 09:43:39
Aslan
Бугун олтин медал олишимизга имкониятлар бор. Спортчиларимизга омад.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing