So’nggi yangiliklar

18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0 14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0

25 sen 19:23
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining ikkinchi kunida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza qo'lga kiritdik

Xanchjouda Osiyo o'yinlarining 25 sentyabr kungi bahslari yakunlandi.

25 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi qo'lga kiritgan medallar

Oltin: 

Anna Prakaten (akademik eshkak eshish)

SHehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberdiev, Davrjon Davronov, Alisher Turdiev (akademik eshkak eshish)

Murodjon Yo'ldoshev (dzyudo)


Kumush: 

SHahzod Nurmatov, SHahboz Xolmurzaev, Mehrojbek Mamatqulov, Sobirjon Safaroliev (akademik eshkak eshish)


Bronza:

Madinabonu Mannopova (taekvondo)

Svetlana Osipova, Ozoda Sobirjonova, Jasurbek Jaysunov, SHuhrat Salaev (taekvondo, aralash)

Gulnoza Matniyazova (dzyudo)


Mazkur sahifa orqali bugungi kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


SHu tariqa o'zbekistonlik sportchilarning chiqishiga bag'ishlangan onlayn o'z yakuniga etdi. 


19:15. Bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev musobaqadagi ilk jangini KXDR vakiliga qarshi o'tkazdi va ishonchli g'alabaga erishdi!


18:37. Futbol bo'yicha ayollar terma jamoamiz "A" guruhining ilk turida Mo'g'uliston termasiga qarshi bahs olib bordi. Vakillarimiz ushbu uchrashuvda 6:0 hisobida g'alaba qozondi.


18:32. Suv polosi. Ayollar terma jamoamiz ilk o'yinini mezbon Xitoyga qarshi o'tkazdi. Bahsda 5:33 hisobida mag'lub bo'ldik.


18:29. Afsonaviy sportchimiz Oksana CHusovitina saralash doirasida chiqish qildi. Hamyurtimiz tayanib sakrash bahslaridagi saralash bosqichida ikki bor chiqish qildi va 12.949 ochko jamg'ardi. U bu orqali final bosqichiga yo'l oldi.


18:00. Hasanboy Do'smatov Janubiy Koreya vakilini 2-raundda nokautga uchratdi!


17:00. Ushu. Islombek Haydarov hindistonlik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


16:15. Gandbolchi qizlarimiz Koreya Respublikasi vakillariga 16:42 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 


15:35. Tennischilarimiz aralash bahslarda Xitoyga 0:6, 0:6 hisoblarida yutqazishdi. Ushbu o'yinda yurtimiz nomidan SHahnoza Marimova va Amir Milushev ishtirok etgandi. Akgul Amanmuradova va Maksim SHin esa Hindiston terma jamoasiga yutqazdi (2:6, 4:6)


15:30. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'zaro durang qayd etdi. Umida Omonova mo'g'ulistonlik raqibidan ustun keldi. Nilufar Yakubboeva esa hindistonlik raqibasi bilan durang o'ynadi.


15:11. Dzyudo. Gulnoza Matniyozova Xitoy Taypeyi vakili YU Jung Liaoni 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, delegaciyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi!


14:58. Endi O'zbekiston nimchorak finalda "F" guruhida uchinchi o'rinni olgan Indoneziya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Ushbu bahs 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


14:55. Futbolchilarimiz Gonkongni 2:1 hisobida mag'lub etishdi


14:50. Taekvondochilarimiz jamoaviy aralash bahslarida afsuski taekvondo vatani hisoblangan Janubiy Koreya vakillariga 47:48 hisobida yutqazib qo'yishdi. Bittagina farq bilan-a.... Bu vakillarimizga BRONZA medalini taqdim etdi.


14:40. Dzyudo. Muso Sobirov bronza medali uchun kechgan bahsda afsuski qozog'istonlik raqibga Golden Score'da imkoniyatni boy berdi. 


14:28. Futbolchilarimiz Gonkongga qarshi bahsda oldinga chiqib olishdi - 2:1! Alibek Davronov 65, Jasur Jaloliddinov esa 70-daqiqada gol urdi!


14:17. SHaxmat. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 4-turda o'zaro to'qnash kelmoqda. Nilufar hindistonlik, Umida Omonova esa mo'g'ulistonlik raqibaga qarshi dona surmoqda.


14:15. SHaxmatchilarimiz 3-turni yakunlashdi. Vakillarimizda 3 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat:

Nodirbek Abdusattorov - Seydmuhammadamin Tabatabai (Eron) 1:0

Javohir Sindarov - Semetei Tologon (Qirg'iziston) 1:0

Nilufar Yakubboeva - Araya Prommuang (Tailand) 1:0

Umida Omonova - Bibisora Assaubaeva (Qozog'iston) 0:1


14:07. Dzyudochimiz Sevinch Isoqova afsuski bronza medali uchun bahsda qozog'istonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


13:59. Bizda oltinnnnnn!!! Dzyudochi Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg) finalda dzyudo vatani vakili - yaponiyalik Soichi Xashimotoni mag'lubiyatga uchratdi va Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi! OLTIN!!!


13:49. Taekvondo. Madinabonu Mannopova afsuski yarim finalda tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va Osiyo o'yinlarining bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi. Raqib Olimpiada va jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi edi. Hamyurtimiz 2018 yilgi Osiyo o'yinlari finalida ham unga mag'lub bo'lib, kumush medalni qo'lga kiritgandi.


13:48. Dzyudoda medallar uchun bahslar boshlangan. Birozdan so'ng hamyurtlarimiz o'z chiqishlarini boshlashadi. 


13:47. Futbol. O'zbekiston - Gonkong o'yinida hisob hozircha 0:1 ko'rinishida qolmoqda.


13:04. Futbol. O'zbekiston - Gonkong o'yinining 4-daqiqasida gol o'tkazib yubordik - 0:1.


13:00. Futbol. O'zbekiston - Gonkong uchrashuvi boshlandi. 


12:53. Taekvondo. Madinabonu Mannopova vetnamlik raqibasini 2:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi! Endi u final yo'llanmasi uchun tailandlik raqibasiga qarshi dayanga chiqadi. 


12:49. 3x3 basketbol bahslarida qizlarimiz Hindistonni 19:14 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi!


12:40. Tennis. Ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida O'zbekiston-2 jamoasi sifatida qatnashayotgan SHahnoza Marimova va Sabrina Olimjonova Xitoy Taypeyi vakilalariga 3:6, 5:7 hisoblarida yutqazishdi. O'zbekiston-1 jamoasi sifatida qatnashgan Oqgul Omonmurodova/Sevil Yuldasheva esa indoneziyalik raqiblarga 2:6, 4:6 hisoblarida yutqazdi. 


12:35. Gandbolchi yigitlarimiz Qozog'iston terma jamoasiga 27:31 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


12:20. Qilichbozlik. Saralashni ajoyib o'tkazgan Umida Ilyasova afsuski asosiy bosqichda ilk jangidayoq yutqazdi. Singapurlik raqibga 14:15 hisobida imkoniyat boy berildi...


12:17. Taekvondochilarimizdan jamoaviy bahslardagi ajoyib start! Gonkong terma jamoasini 101:4 hisobida mag'lub etdi! Dahshatttt! Yarim finalda Janubiy Koreya raqibimiz bo'ladi!


12:05. SHaxmatchilarimiz ham yakkalikdagi ishtirokni boshlashdi. 


12:00. Taekvondochilarimiz Gonkongga qarshi jamoaviy bahslarni boshlashdi. Tarkibimizda Osipova, Sobirjonova, Jaysunov va Salaev bor. 


11:40. Tennischi yigitlarimizdan ajoyib g'alaba! Sergey Fomin va Humoyun Sultonov turnirda birinchi raqam ostida saralangan hindistonlik raqiblar - Bambri/Bopanna tandemini 2:6, 6:3, 10:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratishdi!


11:35. Afsuski dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova (-70 kg) yarim finalda KXDR vakilasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.


11:29. Bokschilarimizda dastlabki yo'qotish. Navbahor Hamidova (-66 kg) afsuski tailandlik raqibasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.


11:20. Qilichbozlik. Umida Ilyosova saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazdi va asosiy davraga yo'l oldi. U asosiy davrani singapurlik raqibaga qarshi boshlaydi.


11:15. Sevinch Isoqova afsuski yarim finalda xitoylik raqibasiga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza uchun bahs yuritadi. 


11:09. Dzyudo. Murodjon Yo'ldoshev mo'g'ulistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!


10:30. Tennischilarimiz juftlik bahslarida ishtirokni boshlashdi. Humoyun Sultonov va biroz oldin jarohat sabab bahsini oxirigacha etkaza olmagan Sergey Fomin hindistonlik raqiblarga qarshi kortga chiqishdi.


10:01. Dzyudo. Murodjon Yo'ldoshev chorak finalda shimoliy koreyalik raqibini engib, yarim finalga yo'l oldi.


9:52. Qilichbozlik. Ayollar o'rtasida rapira yo'nalishidagi hamyurtimiz Umida Ilyosova saralashdagi ishtirokini boshladi. U ilk jangida makaolik raqibidan 5:3 hisobida ustun keldi.


9:41. Dzyudo. Gulnoza Matniyozova (-70 kg) chorak finalda eronlik raqibini dog'da qoldirdi va yarim finalga yo'l oldi. Muso Sobirov (-81 kg) o'tish bosqichida mo'g'ulistonlik raqibini taslim etib, bronza medali uchun kurashish huquqiga ega bo'ldi.


9:34. Dzyudo. Sevinch Isoqova (-63 kg) qirg'izistonlik raqibini mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. -81 kg vazndagi Muso Sobirov esa chorak finalda koreyalik raqibiga mag'lub bo'ldi. O'tish bahsida tatamiga chiqgan SHukurjon Aminova esa bu imkoniyatdan ham foydalana olmadi.


9:27. Musa Aymuratov qilichbozlikning sablya yo'nalishida chorak final jangini o'tkazdi. Ushbu yo'nalishda birinchi raqamli sportchi sifatida tasniflangan koreyalik Oh Sangukga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz 11:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi.


9:07. Tennis. Sevil Yo'ldosheva Xitoy Taypeyi vakilasiga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi va yakkalik bahslarini tark etdi.


8:59. Dzyudochilarimiz Murodjon Yo'ldoshev bahraynlik raqibini, Muso Sobirov esa vetnamlik raqibini mag'lub etdi va har ikki sportchimiz chorak final masalasini hal qildi.


8:53. Qilichbozimiz Musa Aymuratov yaponiyalik Kaito Stritsni 15:13 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.


8:40. Taekvondochi Madinabonu Mannopova (-49 kg) makaolik raqibini engib, chorak finalga yo'l oldi. 


8:26. Tennis. Yakkalik bahslarida kutilmaganda Sergey Fomin 2-raundda koreyalik mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi. SHuningdek, Sabrina Olimjonova ham 2-raundda yurishini to'xtatdi, u hindistonlik raqibasiga 0:6, 0:6 hisobida taslim bo'ldi.


8:19. Dzyudochimiz SHukurjon Aminova ham ishtirokini nimchorak finalda yakunladi. U yaponiyalik Tamaoki Momoga mag'lub bo'ldi.


8:18. Taekvondochi Omonjon Otajonov (-58 kg) nimchorak finalda eronlik Mahdi Hajimusaynafutiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 


8:16. Suzish sport turida 100 metrga brass usulida suzish yo'nalishida ishtirok etgan Behruz Ahtamov 1:06:28 soniya natija bilan 8 nafar sportchi orasida ettinchi o'rinni egalladi.


8:09. M4X yo'nalishida finalda ishtirok etgan to'rtligimiz 6:04:64 natijani qayd etdi. Birinchi o'rinni egallagan Xitoy vakillari esa 6:02:65 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi.


8:07. Akademik eshkak eshish bo'yicha M4X yo'nalishida ishtirok etgan SHahzod Nurmatov, SHahboz Holmurzaev, Mehrojbek Mamatqulov va Sobirjon Safaraliev to'rtligi delegaciyamiz hisobiga kumush medalni taqdim etdi. Bu O'zbekiston delegaciyasining bugungi kun hisobidan birinchi, umumiy hisobda esa to'rtinchi kumush medali bo'ldi.


8:01. Dzdyudochilarimiz Sevinch Isoqova (-63 kg) vetnamlik gongkonglik, Gulnoza Matniyazova (-70 kg) esa makaolik raqibini engib, keyingi bosqichga yo'l oldi.


7:35. Qilichbozlik. SHerzod Mamutov so'nggi jangida ham imkoniyatni boy berdi, u 1/32 final doirasida ham raqibi oldida ojiz qoldi. Musa Aymuratov esa birozdan so'ng 1/16 final jangini o'tkazadi.


7:27. O'q otish. 10 metrga miltiqdan otish bahslarida Javohir Sohibov 627.8 ochko bilan 15-o'rinni egallagan bo'lsa, Vadim Skorovarodov 615.1 ochko bilan 49-natijani qayd etdi.  Bu saralashdan o'tish uchun etarli natija bo'lmadi.


7:19. Dzyudochi SHukurjon Aminova (-57 kg) ilk bosqichda vetnamlik raqibasini 10:0 hisobida taslim etdi.


7:16. Akademik eshkak eshish bo'yicha erkaklar o'rtasida to'rtlik yo'nalishida SHehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberganov, Davrjon Davronov va Alisher Turdievdan iborat terma jamoamiz A finalida ishtirok etib, barcha raqiblari, jumladan xitoyliklarni ham ortda qoldirib, OLTIN medalni qo'lga kiritdi!!! Yigitlarimiz 6:04:96 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi.


7:07. Taekvondo. -58 kg vaznda Omonjon Otajonov ilk bosqichda filippinlik raqibi Kurt Brayan Barbosani 2:0 hisobida engib, nimchorak finalga yo'l oldi.


6:44. Qilichbozlik. 1-savatchadagi SHerzod Mamutov uchinchi jangida qozog'istonlik raqibiga 4:5 hisobida mag'lub bo'ldi. To'rtinchi jangida esa Saudiya vakilini 5:2 hisobida mag'lub etdi. Ayni damda Mamutovning so'nggi jangi davom etmoqda. 2-savatchadagi vakilimiz Musa Aymuratov esa ikkinchi jangida eronlik raqibiga mag'lub bo'ldi, uchinchi jangida qirg'izistonlik raqibini, to'rtinchi jangida esa Saudiya vakilini mag'lubiyatga uchratdi. Unda yana ikkita jang bor.


6:26. Qilichbozimiz SHerzod Mamutov sablya yo'nalishidagi individual saralash bahslarida 1-savatcha doirasida ilk bahsda eronlik raqibiga 4:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkinchi jangda esa nepallik raqibini 5:1 hisobida taslim etdi. 2-savatchada ishtirok etayotgan Musa Aymuratov esa ilk jangida iordaniyalik raqibini 5:3 hisobida taslim etdi.


6:21. Prakaten 7:39:05 daqiqa bilan oltin medalni o'ziniki qildi. Ikkinchi o'rinni egallagan xitoylik Ryukyu Lyu esa naq 10 soniya keyinroq etib keldi final marrasiga. Bu O'zbekiston delegaciyasining ikkinchi oltin medali bo'ldi. 


6:18. Assalomu alaykum do'stlar! Bugungi kunimiz ham medal bilan boshlanmoqda! Akademik eshkak eshish bo'yicha yakkalik bahslarida ishtirok etgan Anna Prakaten barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi!



- - - - - - - - - -



Bugun quyidagi sport turlarida vakillarimizning ishtiroki guvohiga aylanamiz: 

6:00. - O'q otish. Erkaklar, 10 metrga miltiqdan otish, saralash: Javohir Sohibov, Vadim Skorovarov

6:00. - Qilichbozlik. Erkaklar, sablya, 1-savatcha. SHerzod Mamutov - Artyom Sarkissyan (Qozog'iston)

6:00. - Qilichbozlik. Erkaklar, sablya, 2-savatcha. Musa Aymuratov - Abdallah Tahla (Iordaniya)

6:10. - Akademik eshkak eshish. Ayollar, yakkalik, A finali. Anna Prakaten

7:00. - Taekvondo. Erkaklar, -58 kg, nimchorak final. Omonjon Otajonov - Kurt Brayan Barbosa (Filippin)

7:00. - Tennis. Erkaklar, yakkalik, 2-raund. Sergey Fomin - Seongchan Hong (Koreya Respublikasi)

7:00. - Tennis. Ayollar, yakkalik, 2-raund. Sabrina Olimjonova - Ankita Raina (Hindiston)

7:00. - Tennis. Ayollar, yakkalik, 2-raund. Sevil Yo'ldosheva - Yaxsuan Li (Xitoy Taypeyi)

7:00 dan so'ng. - Dzyudo. Ayollar, -57 kg, nimchorak final. SHukurjon Aminova - Ti Bich Nguen (Vetnam)

7:00 dan so'ng. - Dzyudo. Ayollar, -63 kg, nimchorak final. Sevinch Isoqova - Posum Leong (Gongkong)

7:00 dan so'ng. - Dzyudo. Ayollar, -70 kg, nimchorak final. Gulnoza Matniyozova - Lay Long Kuok (Makao)

7:00 dan so'ng. - Dzyudo. Erkaklar, -73 kg, nimchorak final. Murodjon Yo'ldoshev - Biaslan Hajali (Bahrayn)

7:00 dan so'ng. - Dzyudo. Erkaklar, -81 kg, nimchorak final. Muso Sobirov - Tien Hoang Bui (Vetnam)

7:10. - Akademik eshkak eshish. Erkaklar to'rtligi, A finali. O'zbekiston (SHehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberganov, Davrjon Davronov, Alisher Turdiev)

7:50 dan so'ng. - Suzish. Erkaklar, 100 metrga brass usuli. Behruz Ahtamov

8:00. - Akademik eshkak eshish. Erkaklar, to'rtlik (M-4x), A finali. O'zbekiston (SHahzod Nurmatov, SHahboz Holmurzaev, Mehrojbek Mamatqulov, Sobirjon Safaraliev)

8:30. - Taekvondo. Ayollar, -49 kg, nimchorak final. Madinabonu Mannopova - CHi Lang Kom (Makao)/Irangani Mahadula (SHri-Lanka) bahsi g'olibiga qarshi

9:00. - Tennis. Erkaklar, juftlik, 2-raund. O'zbekiston 1 - Hindiston 1

9:00. - Tennis. Ayollar, juftlik, 1-raund. O'zbekiston 2 - Xitoy Taypeyi 1

9:00. - Tennis. Ayollar, juftlik, 1-raund. O'zbekiston 1 - Indoneziya 1.

9:30. - Qilichbozlik. Ayollar, rapira, 3-savatcha. Umida Ilyosova - Pek CHan Iek (Makao)

10:50. - 3x3 Basketbol. Ayollar, Robin raundi, A savatcha. O'zbekiston - Hindiston

11:00. - Gandbol. Erkaklar, S guruhi, 1-tur. O'zbekiston - Qozog'iston

11:00 dan so'ng. - Taekvondo. Aralash jamoaviy dastur, chorak final. O'zbekiston - Gongkong

11:15. - Boks. Ayollar, -66 kg, nimchorak final. Navbahor Hamidova - Janjaem Suvannapeng (Tailand)

12:00. - SHaxmat. Erkaklar, individual yo'nalish, 3 va 4-raundlar. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov

12:00. - SHaxmat. Ayollar, individual yo'nalish, 3 va 4-raundlar. Nilufar Yakubboeva, Umida Omonova

13:00. - Futbol. Erkaklar, S guruhi, 2-tur. O'zbekiston - Gongkong

13:00. - Gandbol. Ayollar, A guruhi, 1-tur. O'zbekiston - Koreya Respublikasi

13:00. - Tennis. Aralash juftliklar, 2-raund. O'zbekiston 1 - Xitoy 2

13:00. - Tennis. Erkaklar, juftlik, 2-raund. O'zbekiston 2 - Hindiston 1

16:00. - Suv polosi. Ayollar, Robin raundi, 1-o'yin. O'zbekiston - Xitoy

16:30. - Futbol. Ayollar, A guruhi, 1-tur. O'zbekiston - Mo'g'uliston

16:30 dan so'ng. - Ushu. Erkaklar, 60 kg, nimchorak final. Islombek Haydarov - Banusurya Singh (Hindiston)

16:30 dan so'ng. - Ushu. Erkaklar, 75 kg, chorak final. Azizbek Isroilov - Raqib nomi malum emas

17:45. - Boks. Erkaklar, -51 kg, 1/16 final. Hasanboy Do'smatov - Sehyong Jo (Koreya Respublikasi)

19:00. - Boks. Erkaklar, -71 kg, 1/16 final. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jangtae Ryang (SHimoliy Koreya).

Reyting:    

Fikrlar

   
25 sen 16:22:21
Абатбай Жуманазаров
молодец иншек Муса Аймуратов
   
25 sen 16:21:05
Абатбай Жуманазаров
Ендиги жарысларыңа әўмет Шерзод Мамутов!
   
25 sen 16:19:46
Абатбай Жуманазаров
Ендиги жарысларыңа әўмет!
   
25 sen 16:17:19
Абатбай Жуманазаров
Молодец!
   
25 sen 13:58:43
TOKIO-2020
Мадинанинг рақиби ростдан ҳам кучли экан. Каръераси жуда яхши экан.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing