26 avg 20:30
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining sakkizinchi kunida o'zbek sportchilari oltita medalga ega chiqishdi
Musobaqaning sakkizinchi kunida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
Ruslan Nuriddinov (og'ir atletika)
Kumush:
Omadoy Otaqo'zieva (og'ir atletika)
Bronza:
Abdumalik Salimov (penchak silat)
Sadriddin Saymatov (karate)
Barno Mirzaeva (karate)
Suhrob Xodjaev (engil atletika).
22:00. SHuning bilan bugungi onlayn translyaciyamiz nihoyasiga etdi.
21:52. 100 metrga yugurish bahslarining finalida qatnashgan Nigina SHaripova marraga ettinchi bo'lib etib bordi.
21:28. Engil atletika. Suhrob Xodjaev bosqon uloqtirish bahslarida 74,06 natija ko'rsatdi. Bu Suhrobning mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichi bo'ldi. Ushbu natija hamyurtimizga bronza medalini taqdim etdi!
20:44. Boks. Bobousmon Boturov xitoylik Maimaititu Kyongni 4:1 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.
19:35. 100 metrga yugurish bo'yicha final bahslari 21:10da, Toshkent vaqti bilan esa 19:10da o'tkaziladi. Unda Nigina SHaripova ishtirok etadi.
19:28. Engil atletika. Elena Smolyanova yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etdi va 15,74m natija ko'rsatib, beshinchi pog'onadan joy egalladi.
19:01. Engil atletika. 100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan Nigina SHaripova yarim finalda ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi va finalga yo'l oldi.
18:37. Og'ir atletika. Ruslan Nuriddinov OLTIN medal sohibi! Hamyurtimiz dast ko'tarishda 191kg, siltab ko'tarishda esa 230kg tosh ko'tardi. Umumiy hisobda 421kg natija ko'rsatgan Ruslan Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasiga oltinchi oltin medalni qo'shib qo'ydi. Qayd etib o'tish lozimki, ushbu oltin medal o'zbekistonlik og'ir atletikachilar uchun Osiyo o'yinlari tarixidagi birinchisi hisoblanadi!
18:10. Karate. Barno Mirzaeva bronza medali uchun jangda tailandlik Arm Sukkiauni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Karatechilarimizdan yana bitta BRONZA medali!
17:49. Karatechimiz Barno Mirzaeva yarim finalda eronlik raqibasiga mag'lub bo'ldi. Jang 0:0 hisobida yakunlangandi. Ammo, hakamlar faollik evaziga eronlik sportchi Rozita Alipurkeshkaning g'alabasini qayd etishdi.
17:44. Ruslan Nuriddinov dast ko'tarishda 191kg natija ko'rsatib, birinchi o'rinda ketmoqda.
17:05. Karatechimiz Barno Mirzaeva Xitoy Taypeyi vakilasini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.
16:05. Birozdan so'ng, soat 17:00da, Toshkent vaqti bilan soat 15:00da og'ir atletika bo'yicha bahslar boshlanadi. Unda Olimpiya o'yinlari chempioni Ruslan Nuriddinov supachaga chiqadi.
15:51. Og'ir atletika. Omadoy Otaqo'zieva dast ko'tarishda 101kg, siltab ko'tarishda esa 131kg tosh ko'tardi. Umumiy hisobda 232 kg toshni o'ziga bo'ysundirgan Omadoy KUMUSH medali sohibiga aylandi.
15:04. Og'ir atletikachimiz Omadoy Otaqo'zieva dast ko'tarish bahslaridan so'ng 101kg toshni o'ziga bo'ysundirib, uchinchi o'rinni egallab turibdi.
14:54. Karate. -67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Uzoqov nimchorak finalda Saudiya Arabistoni vakili Fahad Alxatamiga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi.
14:46. Boks. SHunqor Abdurasulov filippinlik bokschini mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.
14:01. Aslida Sadriddin Saymatovdan oltin medalga umid qilgandik. Afsuski, hamyurtimiz bronza medali bilan kifoyalandi.
13:55. Karate. Saymatov bronza medali uchun vetnamlik Xai Nguenga qarshi jang o'tkazdi va 1:8 hisobida g'alaba qozondi! BRONZA!
13:34. Boks. Jasurbek Latipov 28 avgust kuni chorak finalda jang o'tkazadi. Uning yarim final yo'lidagi raqibi indoneziyalik bokschi bo'ladi.
13:29. Birozdan so'ng Sadriddin Saymatov bronza medali uchun vetnamlik Xai Nguenga qarshi jang qiladi.
13:18. Jasurbek Latipov xitoylik raqibini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi.
12:00. Jiu-jitsu. Afsuski, Mirali SHaripov nimchorak finalda qirg'izistonlik Nursultan Alimkulovga 0:16 hisobida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
11:48. Sadriddin Saymatov yarim finalda eronlik Amir Mahdizodaga qarshi jang qildi va 6:7 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun jang qiladi.
11:37. Karate. Sadriddin Saymatov chorak finalda Saudiya Arabistoni vakili Jamal Sultanni 3:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.
11:03. Karatechimiz Sadriddin Saymatov ilk jangida qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.
10:50. Mirali SHaripov qozog'istonlik raqibini 2:0 hisobida mag'lub etdi va nimchorak finalga chiqdi. Ulug'bek Otamurodov esa afsuski 2:4 hisobida mo'g'ulistonlik sportchiga yutqazib qo'ydi.
10:42. Birozdan so'ng jiu-jitsuchilarimiz o'z ishtiroklarini boshlashadi. -77kg vazn toifasida 1/16 final doirasida Mirali SHaripov qozog'istonlik Oljas Nurtakanovga qarshi kurash olib borsa, Ulug'bek Otamurodov mo'g'ulistonlik Erkinbayar Batkuyang bilan bellashadi.
10:22. Penchak Silat. Yarim finalda indoneziyalik Iqbal Pratamaga qarshi jang qilgan sportchimiz Abdumalik Salimov raqibiga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.
08:19. Golfchilarimiz to'rtinchi bosqich bahslarida o'z ishtiroklarini boshlab yuborishdi.
Bugun musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro'yxati:
Engil atletika:
Nigina SHaripova (100 m yugurish, yarim final)
Suhrob Xodjaev (bosqon uloqtirish, final)
Elena Smolyanova (yadro uloqtirish, final)
Karate:
(saralash va final)
-60kg: Sadriddin Saymatov
-67kg: Iqboljon Uzoqov
-61kg: Barno Mirzaeva
Jiu-jitsu:
-77kg: Mirali SHaripov
-77kg: Ulug'bek Otamurodov
Boks:
-52kg: Jasurbek Latipov
-60kg: SHunqor Abdurasulov
-69kg: Bobousmon Baturov
Penchak Silat:
-65kg: Abdumalik Salimov (bronza medali uchun)
Og'ir atletika:
-105kg: Ruslan Nuriddinov (final)
-75kg: Omadoy Otaqo'zieva (final)
Golf:
(to'rtinchi bosqich, final)
Kanatbek Kurbanaliev
Roman Ten
Evgeniy Li
Sergey CHen
Fikrlar
Е.Смолянова. Ядро улоқтириш. 16:30
Н.Шарипова. 100 м.га югуриш. Яримфинал. 16:30. Финал. 19:10
С.Ходжаев. Босқон улоқтириш. Финал. 18:35
Гольф. 04:00 – 16:00
К.Кубаналиев, С.Чен, Р.Тен, Е.Ли. Жамоавий финал босқичи
Карате. WKF
С.Сайматов. 60 кг. Саралашдан – финалгача. 08:30 – 10:00, 10:00 – 11:00
И.Узоқов. 67 кг. Саралашдан – финалгача. 12:00 – 13:30, 15:00 – 16:00
Б.Мирзаева. 61 кг. Саралашдан – финалгача. 13:30 – 15:00, 19:00 – 20:00
Жиу-житсу. 07:00 – 10:30, 13:00 – 15:00
М.Шарипов, У.Отамуродов. 77 кг. Саралашдан – финалгача
Бокс
Ж.Латипов. 52 кг. Саралаш. 11:00
Ш.Абдурасулов. 60 кг. Саралаш. 12:30
Б.Батуров. 69 кг. Саралаш. 18:45
Пенчак силат
Абдумалик Салимов. 65 кг. Яримфинал. 08:00
Оғир атлетика
Омадой Отақўзиева. 75 кг. Финал. 12:00
Руслан Нуриддинов. 105 кг. Финал. 15:00
нима бало боксимиз хам тугаяпти шекилли агар термамиз шунака боксерлар кунига колган буса .