So’nggi yangiliklar

19:56Волейбол. Йигитларимиз 4-турда Аргентинага имкониятни бой беришди 0 19:09Чендлер нима учун Топурия Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини айтди 0 18:48ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади" 0 18:24Де Риддер: "30 кун соҳилда дам оламан, сўнгра Чимаев ва дю Плессини мағлуб этаман" 0 18:01Царукян ММА билан шуғулланиш учун дунёдаги энг яхши жой қаерда эканлигини айтди 0 17:39"Қасос олишни хоҳлайман" — Холлоуэй Топурияга қарши жангни истамоқда 0 17:16"Реал" Винисиус Жуниор ўрнига Холандни олиб келмоқчи 0 16:52Хабиб нима учун Жон Жонс билан яқин муносабатда бўлмаганини тушунтирди 0 16:26Роппа-роса бир йил олдин Диёра Келдиёрова Олимпиада чемпиони бўлган эди 0 16:02Баҳодир Жалолов: "Ўйлаганимдек бўлмади... Биз давом этамиз!" 0 15:41Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси 0 15:20Факт: Богдан Гусков UFC'да жанг қилган ўзбекистонликлар орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0 14:59Формула-1. Пиастри Бельгиядаги пойгада тенгсиз! 0 14:38Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси ва фарзанди ЙТҲга учради, ҳодиса оқибатида вафот этганлар борлиги айтилмоқда 0 14:14"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда 0

27 avg 20:00
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining to'qqizinchi kunida uchta medalni qo'lga kiritdik

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Bugun Indoneziyada bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlarida to'qqizinchi kun bahslari yakunlandi.


27 avgust kungi bahslarda sportchilarimiz uchta medal qo'lga kiritishdi:

Kumush: 

Bahriniso Babaeva (karate)

Dildora Rahmatova, Asal Ikromova, Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmanova (badiiy gimnastika, jamoaviy)


Bronza:

Rustam Djangabaev (og'ir atletika)


20:10. SHu tariqa bugungi matnli translyaciyamiz nihoyasiga etdi.


20:00. Isroil Madrimov ilk jangida mo'g'ulistonlik Davanyam Davasurendan 5:0 hisobida ustun keldi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.

18:19. Badiiy gimnastikachilarimizdan KUMUSH medal. Jamoaviy final bahslarida Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmanova, Dildora Rahmatova va Asal Ikromova kumush medal bilan taqdirlanishdi.

17:51. Bokschimiz Mirazizbek Mirzahalilov 1/8 finalda iordaniyalik Muhammad Alvadini 5:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.

16:34. Afsuski, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z ishtirokini chorak finaldayoq yakunlashga majbur bo'ldi. Ikrom Aliboevning yo'q joydan olgan qizil kartochkasi, Ashurmatovning jarima maydonchasidagi xatosi terma jamoamiz uchun qimmatga tushdi.

16:29. Ashurmatovning qo'pol xatosi sabab darvozamiz tomon 11 metrli jarima to'pi belgilandi. Koreyalik futbolchi penaltini sovuqqonlik bilan golga aylantirdi.

16:12. Birinchi ekstra-taym o'z nihoyasiga etdi. Hisob - 3:3. Afsuski, Ikrom Aliboev yo'q joydan sariq kartochka oldi va bu ikkinchi ogohlantirish bo'lgani sababli endi bir kishi kam o'ynashga majburmiz. 

16:01. Futbol. O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinida asosiy vaqtdan so'ng 3:3. Ekstra-taymlar boshlandi!

15:12. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, hisobda oldinga ham chiqib oldik - 3:2. Olg'a, O'ZBEKISTON!!!!

15:09. O'zbekiston - Janubiy Koreya terma jamoalari uchrashuvida hisob tenglashdi - 2:2

15:03. Karate. Bahriniso Babaeva finalda Xitoy Taypeyi vakilasi SHiashuang Guga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi va yakunda KUMUSH medal sohibasiga aylandi. Yana bir ochko etmadi.

14:20. Karate. Bahriniso Babaeva Filippin, BAA hamda Tailand vakillarini mag'lubiyatga uchratib finalga yo'l oldi. Endi u oltin medal uchun Xitoy Taypeyi vakilasi SHiashuang Guga qarshi bahs yuritadi.


13:59. O'zbekiston olimpiya terma jamoasining chorak finaldan o'rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi o'yini boshlanmoqda. 

13:32. Og'ir atletikachimiz Rustam Jangabaev +105 kg vazn toifasidagi bahslarda bronza medalini qo'lga kiritdi. U ikki kurash natijalariga ko'ra kumush medal sohibidan bor yo'g'i 1 kg kam tosh ko'tardi. 

13:07. Iqboljon Xoldorov iordaniyalik raqibini mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.

12:42. Karate. SHaxboz Ahatov Qirg'iziston, Hindiston vakillarini mag'lub etib, yarim finalgacha etib bordi. Final chiptasi uchun kechgan bahsda esa yaponiyalik Araga Ryutaroga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.


12:29. Hasanboy Do'smatovning chorak finaldagi raqibi aniqlandi. Olimpiada chempioni 29 avgust kuni qirg'izistonlik Mirlan Tirkbay uuluga qarshi ringga ko'tariladi. 


11:23. Toshkent vaqti bilan soat 12:00da og'ir atletikachimiz Rustam Djangabaev medallar uchun kurashni boshlaydi. 


11:20. Ot sportida qatnashgan sportchilarimiz o'z chiqishlarini yakunlashdi. CHavandozlarimiz 17 jamoa ichida sakkizinchi natijani qayd etishdi.


11:14. Hasanboy Do'smatov laoslik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi. 


10:21. Boks. Birozdan so'ng, aniqrog'i soat 11:00da Hasanboy Do'smatov ringga ko'tariladi. Iqboljon Xoldorovning jangi esa 13:00ga belgilangan. Soat 17:30da Mirazizbek Mirzahalilov bahsga kirishsa, 19:45da bayroqdorimiz Isroil Madrimov ushbu Osiyo o'yinlaridagi ilk jangini o'tkazadi.


10:04. Badiiy gimnastikachilarimiz jamoaviy bahslardagi ishtiroklarini boshlashdi.


09:49. Sinxron suzish. Anastasiya Morozova va Anna Eltisheva tandemi o'z chiqishida 77,78 ball bilan beshinchi natijani qayd etdi.


08:16. Yana bir karatechimiz Dastonbek Otabolaev iordaniyalik sporchiga mag'lub bo'ldi.


07:44. Karatechimiz Dildor Annadurdieva ilk jangida qozog'istonlik sportchiga yutqazib qo'ydi. Bronza medali uchun o'tish jangida esa eronlik raqibasiga mag'lub bo'ldi.


07:04. CHavandozlarimiz ot sporti bahslarida o'z ishtiroklarini boshlab yuborishgan. 


Assalomu alaykum. Osiyo o'yinlarining to'qqizinchi kunidan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


Bugun bellashuvlarda qatnashadigan sportchilarimiz ro'yxati: 


Engil atletika:

Dmitriy Melsitov (balandlikka sakrash, final)

Xurshid Ahmadaliev (800 metrga yugurish, saralash va final)


Sinxron suzish:

Anna Eltisheva, Anastasiya Morozova (juftlik, saralash)


Futbol:

O'zbekiston - Janubiy Koreya (chorak final)


Karate:

-50kg: Bahriniso Babaeva
-68kg: Dildor Annadurdieva
-75kg: Doston Otabolaev
-84kg: SHaxboz Axatov

Og'ir atletika:

+105kg: Rustam Djangabaev (final)


Badiiy gimnastika:

(yakkalik saralash, jamoaviy final)

Sabina Tashkenbaeva
Nurinisso Usmanova
Dildora Rahmatova
Asal Ikromova


Ot sporti:

(yakkalik va jamoaviy, saralash)

G'ayrat Nazarov
Nurjan Tuyakbaev
Umdjon Komilov
Oqil Sobirjonov


Boks:

-49kg: Hasanboy Do'smatov
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-56kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-75kg: Isroil Madrimov

Reyting: +2   

Fikrlar

+3   
27 avg 08:11:34
Bobur Sadullayev
Sinxron suzish:

Anna Yeltisheva, Nigora Shomirzayeva. Saralash. 08:00 – 09:00
Futbol:

Oʻzbekiston – Janubiy Koreya. 1/4 final. 14:00
Yengil atletika:

Dmitriy Melsitov. Balandlikka sakrash. Final. 17:00
Xurshid Ahmadaliyev. 800 metrga yugurish. Saralash. 08:30. Final. 18:05
Karate WKF:

Dildor Annadurdiyeva. 68 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 11:00
Doston Otabolayev. 75 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 11:00
Shahboz Ahadov. 84 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 16:00
Bahriniso Boboyeva. 50 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 16:00
Ogʻir atletika:

Ruslan Jangabayev. 105+ kg. “A” guruh. Final. 15:00 – 17:00
Badiiy gimnastika:

Sabina Toshkenboyeva, Nurinisso Usmonova, Dildora Rahmatova, Asal Ikromova. Yakka (saralash), jamoaviy (final). 10:00, 13:00, 16:00
Ot sporti:

Gʻayrat Nazarov, Nurjan Tuyakboyev, Umidjon Komilov, Oqil Sobirjonov. Yakka (saralash), jamoaviy (final). 06:00 – 08:00
Boks:

Hasanboy Doʻsmatov. 46-49 kg. Saralash. 11:00
Iqboljon Xoldorov. 64 kg. Saralash. 13:30
Miraziz Mirzahalilov. 56 kg. Saralash. 17:30
Isroil Madrimov. 75 kg. Saralash. 19:45
   
27 avg 21:13:34
Draik
Азизлар бугун футболга болет килиб хаётда чикмаган давлениям чикди. Хали ёш эдим. Шунакаям патриот буламанми а?? Хаммасига Равшан Хайдаров сабаб!Бунчалар ноль тренер булмаса, олдиндан бу тренерга ишонмас эдим! На тактика ва на уйинчи заменадан танлаб тушириш бор! Нимага мухлислик киладиган асосий командаларга УФА бунака нунок тренерларни бош килиб куяди??
   
27 avg 21:07:40
Draik
Ravshan Haydarov out#
   
27 avg 20:27:29
Anvar Abdumurodov
Sarvar_Parkentlik foydalanuvchining fikriga javob berish
Qayrat yeraliyev 1/8 da tailandlikka yutkazdi 0:5 ga . Qozoq saytlarida shov shuv boshlandi yana
qaysi saytlarda yozib yuborolmaysizmi ?
   
27 avg 19:16:46
Sarvar_Parkentlik
Uzb bokschilari xozircha ajoyib qatnawiwmoqda /erkaklar/ faqat 60 kg da abdurasulovni jangi biroz sust ötkazdi. Latipov 3:2 bölgani ilk bosqichda chindan ham jiddiy raqib röbaro kelgani bn izoxlanadi. Quraga köra uzb kaz qarama qarwiliklari faqat finalda bölarkan . Faqat 56 kg da endi buni iloji yöq.
   
27 avg 19:09:12
Sarvar_Parkentlik
Qayrat yeraliyev 1/8 da tailandlikka yutkazdi 0:5 ga . Qozoq saytlarida shov shuv boshlandi yana
   
27 avg 19:06:52
Sarvar_Parkentlik
Boksda Kun sensatsiyasi yuz berdi: 56 kg da qozoqlarning ishongan bokschisi Qayrat Yeraliev 1/8 finaldayoq tailandlik boksciga 0:5 ga yengildi ! 49 kgda Xasanboyga finalda ushrawiwi kutilayotgan Temirtas Jusupov emas zörga yana ham hakamla yordami bn yapon raqibidan ötdi 3:2 ga. 60 kg da ham qozoqla vakili 3:2 ga ötdi. Eng ishonchli galaba 64 kgda Bekdaulet ibragimov haqqoniy yutdi.
   
27 avg 18:11:54
Is Moi LoVe
Badiy gimnastika jamoaviy baxsda kumush medal... Afsus oltin qozoqlarga ketdi va bizdan o`tib ketti
   
27 avg 18:04:11
Bobur Sadullayev
Миразизбек Мирзаҳалилов 5:0 bilan yutdi adminlar futbol atmen qilila endi
   
27 avg 16:49:01
Azizbek Joldasov
hakam xatoga yol qoydi. Aliboevning harakati sariq kartichkasi bor oyinchi uchun ikkinchi sariq berishga tortmasti. Agar hakam professional tarzda hammasini yozib eslab yurganida ikkinchi kartichkani bermasti. etibor bergan bolsangiz bir ikki vaziyata hakam kartichka berganidan keyin uni qayd qilib qoymaganligi korinibqoldi. Osha vaziyatta ham hakamga Aliboevning kartichkasi borligini yirdamchi hakam eslatti
   
27 avg 16:46:20
Anik
Onasini emsin bu awurmativni 2 marta hato
   
27 avg 16:45:33
Murod Xojialimov
Sudyalani padariga lanat iflosla yavniy karislaga yon bosdi isqirtla
   
27 avg 14:23:37
Is Moi LoVe
Baxrinio finalga chiqqan. Finalda Xitoy Taypelik bilan tushadi. OLTIN kutamiz faqat
   
27 avg 14:14:38
Nozimjon Pozilov
адашмаётган болсам бахринсо финалга чикди
   
27 avg 13:45:52
Nozimjon Pozilov
яна битта бронза огир атлетимиздан
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing