So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

13 iyu 07:36
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo sohil o'yinlari ham bu yil o'tkazilmaydi

Joriy yilning 28 noyabr – 6 dekabr kunlari Xitoyning Sanya shahrida o'tkazilishi kerak bo'lgan Osiyo sohil o'yinlari keyingi yilga qoldiriladi.

Bu haqda Osiyo olimpiya kengashining rasmiy saytida malum qilindi.

Xabarda aytilishicha, Xitoy hukumati tomonidan 2020 yili mamlakatda o'tkazilishi belgilangan barcha sport musobaqalari bekor qilingan. Buning natijasida qitaviy sohil o'yinlarining tashkil etilishi so'roq ostida qolmoqda.

Sanya sohil o'yinlari tashkiliy qo'mitasining Osiyo olimpiya kengashiga yo'llagan axborotida ko'rsatilishiga ko'ra, 15 kun ichida Xitoy olimpiya qo'mitasi va tegishli davlat tashkilotlari bilan kelishuvdan so'ng o'yinlarning keyingi yil sanasi elon qilinadi.

Malumki, Osiyo sohil o'yinlari ilk bor 2008 yili Balida o'tkazilgan bo'lib, O'zbekiston sportchilari ushbu musobaqalarda doimiy tarzda ishtirok etib kelmoqda. 2016 yili Vetnamning Da Nang shahrida bo'lib o'tgan sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlarida mamlakatimiz sportchilari 3 oltin, 1 tadan kumush va bronza medalini qo'lga kiritib, 41 ta Osiyo mamlakatlari orasida 15-o'rinni egallagan edi.

2021 yilga qoldirilayotgan bu galgi VI Osiyo sohil o'yinlarida 2000 ming nafardan oshiq sportchilar 19 ta sport turida o'z mamlakatlari sharafini himoya qilishi belgilangan. Biroq, musobaqa tashkiliy qo'mitasining bildirishicha, koronavirus kasalligi tasirida kelib chiqayotgan iqtisodiy etishmovchiliklar natijasida sport turlari va ishtirokchilar sonida o'zgarishlar bo'lishi ehtimoldan yiroq emas.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing