So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

14 may 08:49
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo velosporti rahbari Toshkentda

12 may kuni Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov Osiyo velosport konfederaciyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Al SHafar bilan uchrashdi.

Mehmon o'zbekistonlik sportchilarning ajoyib g'alabalari aks etgan muzey  ekspoziciya va eksponatlari bilan tanishtirildi. So'ngra respublikamizda velosiped sportining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro doiradagi dolzarb masalalar bo'yicha suhbat bo'lib o'tdi.

Rustam Qurbanov Osiyo velosporti rahbarini qutlar ekan, sportning bu turida O'zbekiston o'z yutuqlariga ega ekanligini, biroq o'sha g'alabalar ancha avval qo'lga kiritilganini, orada o'ziga xos uzilish yuzaga kelganini, so'nggi davrda mamlakatimiz federaciyasi rahbariyati tomonidan velosiped sportini yanada rivojlantirish va yoshlar orasida ommaviylashtirish borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilayotganini bildirib, o'smirlar uchun velosipedlar, paralimpiyachi poygachilar uchun texnika taminoti borasida amaliy yordam ko'rsatilishi ayni muddao bo'lishini takidladi.

Al SHafar O'zbekistonda o'zini mehmonda emas, balki do'stlarining uyidagidek his qilishini, sportga, xususan bolalar va o'smirlar o'rtasida sportni rivojlantirishga katta etibor berilayotganidan tasirlanganini aytib o'tdi. Osiyo sporti erishayotgan yutuqlarda o'zbekistonliklarning ham salmoqli hissasi borligiga alohida to'xtalarkan, velosport sohasida ham yurtdoshlarimiz sezilarli o'sish imkoniyatlariga egaligini qayd etdi. Osiyo velosporti rahbari 11 may kuni O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva bilan uchrashuv davomida o'zaro hamkorlik yuzasidan atroflicha muzokara olib borilganidan xursandligini bildirdi. 

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi va Osiyo velosport konfederaciyasi  prezidenti o'rtasidagi muloqot chog'ida Birlashgan Arab Amirliklari hamda O'zbekiston velosportchilari o'rtasida ikki tomonlama o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazish, O'zbekiston velosipedchilar terma jamoasining xorijda malaka oshirishi, tajriba almashishi, nufuzli musobaqalarda ishtirok etishini yo'lga qo'yish, mintaqaviy veloklub ochish, O'zbekistonda velosport murabbiylari uchun xalqaro yig'inlar tashkil etish, mamlakatimiz hududida 2019 yilda veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatini o'tkazish masalalari muhokama qilindi. Mehmon yurtimizda bir qator sport turlari bo'yicha Osiyo chempionatlari yuksak saviyada o'tkazilganidan yaxshi xabardorligi, Osiyo velosport konfederaciyasi veloshosse bo'yicha musobaqani o'tkazish uchun zarur bo'lgan yordamni berishga tayyorligini takidladi. Darvoqe, o'sha yilgi chempionatda 2020 yilgi yozgi olimpiadaga yo'llanmalar sohiblari aniqlanishi turnir nufuzini ko'tarishi shubhasizligiga etibor qaratildi.

Osiyo velosporti rahbarining mamlakatimizga tashrifi o'zbek velosipedchilarining yangi yutuqlariga ko'maklashadi degan umiddamiz.

Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing