So’nggi yangiliklar

19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0

23 fev 07:42
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo xokkey federaciyasi tomonidan maxsus mukofotga loyiq topildik

O'zbekiston CHim ustida xokkey federaciyasi raisi Bahodir Ahmedov ilk bor qita federaciyasining ijroiya qo'mitasi azoligiga saylandi.

O'zbekiston CHim ustida xokkey federaciyasi raisi Bahodir Ahmedovga mamlakatda sportning ushbu sport turini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlari uchun OXFning maxsus mukofoti topshirildi. SHuningdek, u ilk bor qita federaciyasining ijroiya qo'mitasi azoligiga saylandi.

Ayni paytda Yaponiyaning Gifu shahrida Osiyo xokkey federaciyasining Kongressi bo'lib o'tmoqda. Unda qitamizning federaciyaga azo barcha mamlakatlari vakillari, jumladan, O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi raisi Bahodir Ahmedov ham ishtirok etmoqda. Kecha boshlangan Kongress kun tartibidagi masalalardan tashqari tashkiliy masalalar ham ko'rilmoqda. SHulardan biri, Osiyo xokkey federaciyasi O'zbekistonda chim ustida xokkey sport turini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ulkan ko'lamli ijobiy ishlari uchun federaciyamiz rahbarini maxsus diplom va medal bilan taqdirlagani bo'ldi. Eng muhimi, O'zbek CHim ustida xokkey sport turi bo'yicha ilk bor vakilimiz – Bahodir Ahmedov Osiyo xokkey federaciyasi ijroiya qo'mitasining azoligiga qabul qilindi.

Federaciyamiz rahbari shuningdek, mamlakatimiz chim xokkeyi manfaati yo'lida yana bir qator kelishuvlarni ham amalga oshirmoqda. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yilning kuzida federaciya rahbari hamda bosh kotibi Hindistonning Dehli shahrida CHim ustida xokkey xalqaro federaciyasining 46-Kongressida ishtirok etib, shu sohaning Osiyo va Jahon bo'yicha mutasaddi rahbarlari bilan uchrashgan, amaliy ishlar bo'yicha munozaralar olib borgan edi. 

Buning natijasi o'laroq mamlakatimizda chim ustida xokkey sport turini yanada rivojlantirish maqsadida O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasiga 400 ming AQSH dollarlik xalqaro talablarga javob beruvchi maxsus maydon qoplamasini qurib berish, sportning bu turiga oid sport anjomlarini ajratish, poytaxtimizda kelasi yili chim ustida xokkey bo'yicha Xalqaro turnir tashkil etish kabi masalalar ijobiy aks topgandi. B.Ahmedov Kongress bahonasida manashu kelishuvni rasmiylashtirishga, yani shartnomaga tomonlarning imzo chekishiga muvaffaq bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing