06 may 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar De La Xoyya: Alvares uchta vaznda jang o'tkaza oladi
Mashhur promouter Oskar De La Xoyya mijozi Saul "Kanelo" Alvaresning rejalari haqida gapirdi.
Meksikalik bokschi kecha o'zining WBA va WBC chempionlik kamarlari orasiga amerikalik Deniel Jeykobsga tegishli IBF titulini ham qo'shib qo'ygandi.
"Alvares uchta vazn toifasida bemalol jang o'tkazishi mumkin. U o'zining o'rta vazn (72,6 kg) toifasidan tashqari, ikkinchi o'rta (76,2 kg) hamda yarim og'ir (79,4 kg) vaznlarda ham ringga chiqa oladi. Kanelo bilan jang qilish istagini Gennadiy Golovkin, Demetrius Andreyd, Kallum Smit va Sergey Kovalyov ham bildirgan.
Hozir Alvares tanaffus olib, xordiq chiqarishi kerak. Keyin esa birgalikda rejalarni ko'rib chiqamiz. Saul hech qachon chaqiruvlardan qochmagan", - dedi De La Xoyya.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar