20 sen 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Oskar de la Xoyya dunyoning ayni damdagi eng yaxshi bokschisi kimligini aytdi
Olti vazn toifasiga ko'ra dunyoning sobiq chempioni Oskar de la Xoyya ayni damdagi eng yaxshi bokschi kimligini aytdi.
"Vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng yaxshisi? Fikrimcha, boksdagi yo'li va erishganlarini inobatga olsak, Terens Krouford. Uning faoliyati ham ko'p narsalarni so'zlaydi. Eng yaxshisi Krouford bo'lishi kerak", - dedi de la Xoyya.
Terens 35 yoshda. Amerikalik bokschi engil vazn toifasida sobiq chempion, birinchi yarimo'rta vaznda esa mutlaq chempion hisoblanadi. U o'zining so'nggi jangini 30 iyul kuni o'tkazgan va unda Erroll Spensni 9-raudda taslim qilgandi. U faoliyati davomida o'tkazgan barcha 40 jangida (31 nokaut) g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : FightHype.com
Fikrlar